Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BUYUK YURTNING BAXTIYOR FARZANDLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BUYUK YURTNING BAXTIYOR FARZANDLARI

Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Obidov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi B.G‘aniyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishi, sport bilan shug‘ullanishi, salomatligini mustahkamlashi, hordiq chiqarishi, o‘z kuchi, bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan sharoitlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim omil bo‘layotir.

Mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Ular uchun barcha zarur sharoit yaratilmoqda. Faol va tashabbuskor, xususan, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, nufuzli tanlov va festivallarda g‘olib bo‘lgan, fan, san’at, adabiyot, sport va boshqa sohalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida “Kamolot” uylari barpo etilib, yosh oilalarga topshirilayotir.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamda boshqa tashkilot va muassasalar hamkorligida navqiron avlodni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ro‘y berayotgan yangilanish va o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish orqali ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni “ommaviy madaniyat” va boshqa illatlar ta’siridan asrash maqsadida 2011-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur festivalning nufuzi oshib, qamrovi yildan-yilga kengayib bormoqda. Yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash va mamlakat ravnaqi uchun kamarbasta insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilayotir.

Festival doirasida poytaxtimizning barcha tumanlaridagi ta’lim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar, madaniyat va istirohat bog‘lari, aholi dam olish maskanlarida yoshlarning dunyoqarashi, ma’naviy kamolotiga xizmat qiluvchi tadbirlar o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibоtchilari, teatr va kino aktyorlari, xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari, sport musobaqalari g‘oliblari ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari, kitob festivallari o‘tkazildi. Kinoteatrlarda milliy film va spektakllar namoyish etildi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda tashkil etilgan “Vatanim – mening faxrim” loyihasi doirasida adib va shoirlar, targ‘ibоt guruhi a’zolari litsey o‘quvchilari bilan uchrashib mushoira o‘tkazdi. Vatan, sadoqat, sevgi, do‘stlik singari yuksak tushuncha va tuyg‘ular tarannum etildi.

Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli sport majmuasida “Talabalar teatr studiyasi”, “Yoshlar jonli ijro tarafdori”, “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi, futbol-shou va gala-konsert o‘tkazildi. Taniqli sport ustalari, mamlakatimiz hamda jahon chempionlari ishtirokida mahorat darslari, uchrashuvlar tashkillashtirildi.

– Bu tadbirlarda ishtirok etganimdan xursandman, – deydi festival ishtirokchisi Murod Yusupov. – Yangi tanishlar, do‘stlar orttirdim. Ayniqsa, biz kimlarning avlodi ekanimiz va ularga munosib voris bo‘lib kamolga yetishimiz uchun oldimizda turgan vazifalar haqida aytilgan fikrlardan juda ta’sirlandim. Bu biz yoshlarning kelajak faoliyatida, jamiyatda o‘z o‘rnini topishimizda asqotishi shubhasiz.

Uchtepa milliy hunarmandlik kasb-hunar kollejida “Kichik filmdan katta kinoga” loyihasi doirasida yosh kinoijodkorlar tomonidan tasvirga tushirilgan qisqa metrajli filmlar namoyishi ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. 228-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Kamolot" kutubxonasi” loyihasida yoshlar o‘rtasida turli viktorinalar hamda yangi chop etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga kitoblar sovg‘a qilindi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Baron” badiiy filmi namoyish etilib, keng muhokama qilindi.

Festival doirasida Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod, Bektemir, Mirobod tumanlarida “Hokim va yoshlar”, “Ommaviy madaniyat" va yoshlar ma’naviyati”, “Odam savdosi – davr muammosi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” loyihalari o‘tkazildi. Xususan, “Hokim va yoshlar” loyihasida tuman hokimlari ishtirokchilarga yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, o‘z taklif va istaklarini bayon etdi.

Mehnat faxriylari va yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularning uy yumushlariga ko‘maklashish uchun ishlab chiqilgan “Nuroniylar e’zozimizda” loyihasi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida o‘tkazilayotgan “Vijdonli sotuvchi” aksiyalari ham yoshlarga manzur bo‘ldi. “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” loyihasi doirasida targ‘ibоt guruhi a’zolari Chilonzor tumanidagi 22-Mehribonlik uyiga borib, tarbiyalanuvchilar uchun madaniy tadbir o‘tkazdi.

“Turkiston” saroyining yozgi maydonida o‘tkazilgan festivalning yakuniy gala-konsertida faol yoshlar qator nominatsiyalar bo‘yicha “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi va Toshkent shahar hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O’zA