Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BUYUKLIKKA DAXLDORLIK TUYG’USI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BUYUKLIKKA DAXLDORLIK TUYG'USI

Italiyada chop etiladigan “Acqua & Sapone” ommabop jurnalining aprel oyi sonida taniqli fotomuxbir Roberto Gabriyelning Samarqand shahriga bag’ishlangan maqolasi e’lon qilindi.

Afsonaviy Samarqandning go’zalligiga maftun bo’lgan maqola muallifi uning dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri hamda Bobil va Rimning tengdoshi ekanini, Buyuk Ipak yo’lida joylashgan ushbu betakror go’sha Amir Temur davlatining poytaxti bo’lganini ta’kidlaydi.

“Samarqand - bu nafaqat italiyalik xonanda Roberto Vekkioni kuylagan mashhur qo’shiqning, balki O’zbekistonning eng jozibali maskanlaridan birining, o’zining bunyod bo’lgan paytidagi go’zal qiyofasini saqlab qololgan, jo’shqin hayotga limmo-lim sayyohlik shahrining nomidir, - deya izohlaydi R.Gabriyel. - Bu yerda qadimiy milliy rang-baranglikni zamonaviy uslublar bilan uyg’un ko’rinishlaridan bahra olish mumkin”.

Muallifning fikriga ko’ra, har kim uchun Samarqandni bir bor ko’rish go’yo tushida kechgan yoki uzoq kutilgan orzusiga erishish bilan barobardir. “Kun bоtar payti qo’yoshning so’nggi nurlari ostidagi Registon maydoni odamga buyuklik va ilohiylikka daxldorlik tuyg’usini ulashadi”, deb yozadi hayrat bilan italiyalik muxbir.

“Buyuk Ipak yo’li yo’nalishi bo’ylab borarkansiz, o’tmishdagi sayohatchilarning nimalarni his etishganini tuyushingiz mumkin: bu yo’llar yuz yilliklarni viqor to’kib turgan beqiyos masjidlari va minoralari, asr davomida karvonlarni o’ziga jalb etib kelgan va bugungi kunda ham mavjud bo’lgan qo’li gul hunarmandlarning do’konlari bilan qarshi olgan, - deyiladi “Acqua & Sapone” jurnalining maqolasida. - Ipak yo’li tarixiy va madaniy ahamiyatiga ko’ra sayyohlarning xotiralari va zehniyatida hozir ham qadimgi vaqtlardagidek ulug’vorlik kasb etadi”.

“Jahon” AA, Rim