“CENTRAL ASIA – 2015” “FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX XALQARO ANJUMANI YAKUNLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot- kutubxona resurslari - Central Asia – 2015” IX Xalqaro anjumanini bo‘lib o‘tdi. Konferensiya har yili O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida o‘tkazilib kelinadi., deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Anjuman maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
Konferensiyada tinglangan 74 ta nutq konferensiya tezislari va ma’ruzalari to‘plamiga kiritildi. Shuningdek, ma’ruzalar to‘plami elektron tashuvchilarda elektron resurs sifatida ko‘paytirilib tarqatildi. Konferensiyada 260 kishi qatnashdi. Istiqbolda O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga asos soluvchi konferensiya tavsiyalari shakllandi.
“Jahon” AA