“Central Asia – 2015” “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot- kutubxona resurslari” IX Xalqaro anjumani
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2015” “FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Anjuman maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
Konferensiyaning birinchi kunida axborot-kutubxona makoni rivojlanishida kutubxonalarning tutgan o‘rni va ahamiyati, axborot-kutubxona faoliyatining ilm-fan, madaniyat va ta’limni rivojlantirishdagi roli va ahamiyati, axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan hamkorligi, axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining mutolaa madaniyati, axborot madaniyati va media savodxonligini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan sho‘ba majlislari bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruzachilar axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish, kutubxonalar faoliyati va imkoniyatlari, alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan axborot fanlarining umumiy tizimida kutubxonalar roli to‘g‘risida gapirdilar.
EBSCO kompaniyasi menejeri I.Kreysarova kutubxonaning ma’lumotlar bazasi va katalogi ishini optimallashda qo‘l keluvchi EBSCO Discovery Service ishlanmalarini taqdim etdi. T.f.d. professor E.Oxunjonov esa kitobshunoslikning tarixiy-tipologik ta’limotiga bag‘ishlangan ma’ruzasida kitob nashri, kitob sotuvi, kutubxonachilik va bibliografiya tarixi haqida so‘zladi.
O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi katta ilmiy xodimi, t.f.n., dotsent M.Isakova o‘z O‘zbekiston arxivlarida axborot resurslaridan foydalanishni tashkil qilishning huquqiy jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida ilmiy tadqiqotlarning katta qismi arxivlar, muzeylar va kutubxonalardan olingam ma’lumotlarga tayanganligini, va u yerlarda hujjatli meroslarni targ‘ib etish keng yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Ma’ruzalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan muhokama jarayonida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning yangi yo‘llari va ijtimoiy-madaniy muhitda axborot-kutubxona muassasalarining intellektual makondagi roli va o‘rnini oydinlashtiradigan fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
“Jahon” AA