“Central Asia - 2015” IX Xalqaro konferensiyasiga bag`ishlan matbuot anjumani
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia - 2015” “FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro konferensiyasiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati. Mazkur anjumanda O`zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, tashkilotchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumanida OAV vakillariga Toshkent shahrida 22-24-aprel kunlari bo`lib o`tadigan Xalqaro konferensiya to`g`risida ma’lumot berildi.
Anjuman maqsadi - fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo`llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o`quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o`rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
Konferensiya tashkilotchilari Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, Toshkent davlat yuridik universiteti.
Anjumanda respublikamizning turli idoralar va vazirliklari, bolalar, o`smirlar va yoshlar kutubxonalaridan ishtirok etish istagini bildirgan 250 va Germaniya, AQSh, Ummon, Buyuk Britaniya, Chex Respublikasi, Rossiya, Belarusiya, Qirg`izston, Qozog`iston, Ozarbayjon va Ukrainadan tashrif buyuradigan 25 nafar xorijiy qatnashchilar ishtirok etadilar.
Konferensiya ishida axborot-kutubxona, zamonaviy Qonunchilik va zamonaviy axborot texnologiyalari sohasi olimlari, yozuvchilar, noshirlar, adabiy tanqidchilar va jurnalistlar ishtirok etadilar.
OAV vakillari anjuman ishtirokchilari, tashkilotchilari, tadbirlar tematikasi, ma’ruzalar to`plamiga doir savollarga javoblar oldilar.
“Jahon” AA