Chempionat yakunlandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada yuzga yaqin davlatdan sportchilar bahslashdi.
9-aprel kuni “O‘zbekiston” sport majmuasida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yopilish marosimi bo‘ldi.
Tadbirda Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor o‘z samaralarini berayotgani ta’kidlandi. Mamlakatimizda ko‘plab sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalar yuqori saviyada tashkil etilayotgani buning yorqin dalilidir.
– Sportga qaratilayotgan doimiy e’tibor O‘zbekistonning xalqaro miqyosda obro‘-e’tibori oshishida muhim omil bo‘lmoqda, – deydi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Andrea Chipressa. – Jahon chempionatini yuksak darajada o‘tkazish uchun katta tayyorgarlik ko‘rilgani yaqqol sezilib turdi. Ishtirokchilarning nafaqat o‘z iqtidorini namoyish etishi, balki madaniy hordiq chiqarishi uchun ham barcha shart-sharoit yaratib berildi.
To‘qqiz kun davomida sport ixlosmandlari dunyo qilichbozlarining qiziqarli bahslariga guvoh bo‘ldi.
– Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionati hayotimda yorqin va o‘chmas sahifa bo‘lib qoladi, – deydi jahon chempioni Aleksandra Predesku (Ruminiya). – Nufuzli musobaqa yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidlamoqchiman. Sportchi va murabbiylarning yashashi, dam olishi, musobaqada ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Men ham musobaqada munosib ishtirok etib, g‘olib bo‘lganimdan baxtiyorman.
Mazkur jahon chempionati yosh sportchilarimiz uchun tajriba va mahorat maktabi vazifasini o‘tadi.
– Qilichbozlik mamlakatimizda rivojlanayotgan sport turlaridan, – deydi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Gennadiy Pelix. – Mazkur chempionat sportchilarimizning o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazishida muhim ahamiyat kasb etdi.