Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Chet tillarini o‘rganish takomillashmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Chet tillarini o‘rganish takomillashmoqda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mamlakatimiz ta’lim tizimida chet tillarini o‘rganish tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B.Usmonov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Sh.Qayumov va boshqalar mamlakatimizda navqiron avlodga puxta ta’lim-tarbiya berish jarayonida chet tillarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori chet tillarini o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada yuksaltirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarini o‘rganishga oid davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlar takomillashtirildi. Xorijiy tillar bo‘yicha darslik va o‘quv-uslubiy majmualarni modernizatsiya qilish bo‘yicha maxsus dastur asosida integrallashtirilgan o‘quv rejalar amaliyotga joriy etildi.

Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani hisobga olgan holda, xorijiy til kabinetiga oid jihozlash me’yorlari ishlab chiqildi. Mazkur yo‘nalishda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan yaratilgan «LINGVO X» dasturi tajribadan o‘tkazildi. Dastur yordamida lokal tarmoqdagi komputer sinfi lingafonli komputer sinfi sifatida ishlaydi. Janubiy Koreyaning KOIKA tashkiloti bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetlarining o‘quv laboratoriyalari bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Mamlakatimizda chet tillarini bilish darajasini baholash milliy tizimini yaratish, chet tillar bo‘yicha pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maxsus kurs tashkil etildi. Shu asosda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘ini uchun xorijiy tillar bo‘yicha trenerlar tayyorlandi.

Muloqot muhitini shakllantirish va chet tillarni o‘rganishni ommalashtirishda xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Mazkur markaz xorijiy tillarni o‘qitishninig zamonaviy uslublarini ishlab chiqish, xalqaro tajribani o‘rganish, ta’lim standartlari va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish va tatbiq etish, chet tillarini interfaol o‘qitish vositalarini qo‘llash hamda masofaviy o‘qitishni tashkil etish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

www.uza.uz