CHET TILLARNI O‘RGANISH YANADA TAKOMILLASHMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazida «Ingliz tilini maxsus maqsadlar uchun o‘qitish tizimidagi islohotlar» – «EnSPIRE-U» loyihasi ijrosi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya Kengashining Toshkentdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz va Buyuk Britaniya oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari ishtirok etdi.
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini izchil rivojlantirish, o‘qituvchilarning kasb darajasi va malakasini oshirish, ularni xalqaro talablarga muvofiq qayta tayyorlash, bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’lim va madaniyat sohalarida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni ommalashtirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Mazkur seminar-trening yurtimiz universitetlarida chet tillarni o‘qitish holatini tahlil qilish, bu tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va bu borada xalqaro tajribani o‘rganish masalalariga bag‘ishlandi.
Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi o‘quv mashg‘ulotlari, o‘qituvchilar va kafedra mudirlari fikrlari bo‘yicha monitoring o‘tkazdi, har bir o‘quv muassasasining kutubxona resurslarini o‘rganib chiqdi. Mazkur tadqiqotlar asosida namunaviy dasturlar, ish rejalari hamda universitetlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi. Bu borada «EnSPIRE-U» loyihasining ijobiy natija bergani hamda chet tillar o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini isloh qilish bo‘yicha namuna bo‘lgani diqqatga sazovordir.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston ta’lim tizimidagi dasturlar yoshlarning puxta bilim olishi, salohiyatini namoyon etishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda dunyoning ko‘plab yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani qayd etildi.
Ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xalqaro mutaxassis Richard Uest (Buyuk Britaniya) O‘zbekistonda ta’limning barcha bosqichlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Mazkur tadbir oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga muvofiq modernizatsiyalash va takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish imkonini berdi.
– Mamlakatimizda chet tillarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanilmoqda, o‘quv jarayoni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilmoqda, – dedi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining ilmiy xodimi Viktoriya Lyamkina. –Markazimiz bu borada xorijiy davlatlarning, xususan, Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Bu til o‘qitish metodikasini rivojlantirish, o‘qituvchilar malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda zamonaviy o‘quv dasturlari asosida oliy ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Kadrlarni tayyorlashda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba va ma’lumot almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O’zA