Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish jahon gavhari sanalmish Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish nafaqat yurtimiz, balki butun dunyo gavhariga aylangan Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bordi.
Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish nafaqat yurtimiz, balki butun dunyo gavhariga aylangan Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bordi.
Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy, ma’rifiy hamda tarixiy nuqtai nazardan o‘tmish va bugunni bog‘lovchi ko‘prikdir. Bugun uning faoliyati butun dunyo diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Qisqa muddat ichida xalqaro nufuzli tashkilotlar va nashrlar tomonidan e’tirof etildi.
Bu yerga tashrif buyuruvchilarga xalqaro standartlar asosida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Majmua haqida tarqatma materiallar, broshyuralar va kitoblar nashr qilindi. O‘zbekiston muzey amaliyotida ilk bor nufuzli xalqaro ekspertlar jalb etilgan holda zamonaviy kimyo-fizik laboratoriyada barcha muzey ashyolarining kimyoviy tarkibi va yaratilganlik vaqti aniqlanib, ularning texnologik pasportlari tayyorlandi.
Xalqaro ISO standartlari asosida eksponatlar raqamlashtirilib, yagona elektron platformaga joylashtirildi. YUNESKO va IKOM talablari, shuningdek, jahonning eng mashhur muzeylari tajribasi asosida eksponatlarning 8 yo‘nalishdagi etiketaj etalonlari va tasniflari yaratildi. Har bir eksponatga QR-kodlar joylashtirilishi natijasida tashrif buyuruvchilar mobil telefon yoki planshet orqali ularning video va audio kontenti bilan dastlab 3 tilda, keyinchalik esa 8 tilda tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Bugun majmuada Britaniya, Luvr va Metropolitan muzeylaridagi kabi planshetlar orqali video va audio tanishuv, audiogidlar, radiogidlar va ma’lumot olish quloqchinlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish jahon muzeylariga tenglasha oluvchi noyob durdonalarni saqlayotgan Islom sivilizatsiyasi eksponatlarini ko‘zdan kechirib, ajdodlarimizning boy merosidan hayratga tushdi.
Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA