Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

CHEXIYA TIV DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
CHEXIYA TIV DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

2017-yilning 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Chexiya Respublikasi tashri ishlar vazirining kichik o‘rinbosari Ivan Yancharekni qabul qildi. I.Yancharek vazirliklararo maslahatlashuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish va Xorazm viloyatiga tashrif buyurish maqsadida mamlakatimizga kelgan.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Chexiya hamkorligining hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda xalqaro maydonda, xususan O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklida aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va Chexiya prezidentlari o‘rtasidagi maktub almashinuvi nuqtayi-nazaridan O‘zbekiston-Chexiya muloqotini faollashtirish masalalari, iqtisod, sanoat, fan va texnika sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish vaqti hamda birgalikdagi boshqa tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Shu kunning o‘zida TIVda O‘zbekiston-Chexiya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlarda ikki tomon kun tartibidagi qator masalalar hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar batafsil ko‘rib chiqildi.

Tadbirlarda Chexiya Elchisi Yaroslav Siro ishtirok etdi.

www.mfa.uz