Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

CHO‘G‘LANMA LAMPALAR ISHLAB CHIQARISH TO‘XTATILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
CHO‘G‘LANMA LAMPALAR ISHLAB CHIQARISH TO‘XTATILADI

Mamlakatimizda elektr energiyasiga talabning ortib borishi yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda.

Mamlakatimiz energetika strategiyasining muhim vazifalaridan biri aholini va iqtisodiyotimizni energetika resurslari bilan to‘liq va ishonchli ta’minlash, shuningdek, energiya tejamkorligini rag‘batlantirish hisoblanadi. Bugungi kunda yoritish tizimlarida cho‘g‘lanma lampalardan foydalanish asta-sekin to‘xtatilib, lyuminetsiyent yoki svetodiod lampalardan foydalanishga o‘tilmoqda.

Cho‘g‘lanma lampalardan foydalanish – energiya tejamkorlik nuqtai-nazaridan bugun samarasiz amaliyot hisoblanadi. Chunki ularning foydali ish koeffitsienti 5 foizdan kamroqni tashkil etadi. Bu elektr energiyasining 95 foizi issiqlikka, faqatgina 5 foizi yoritishga sarflanishini anglatadi. Normativ bo‘yicha ishlash muddati 1 ming soatga yaqin.

Energiya tejaydigan lampalarning ishlash davomiyligi cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan 10 barobarga ko‘proq bo‘lib, yorug‘lik samaradorligi 4-5 barobar yuqori. Agar yoritish uskunalarining energiya samaradorligi ko‘rsatkichi cho‘g‘lanma lampalarda 1 vatt elektr quvvatiga 13 lyumen/vattdan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa, lyuminetsiyent lampalarda 65 lyumen/vattni, svetodiod lampalarda 110 lyumen/vattni tashkil etadi.

Mamlakatimizda cho‘g‘lanma lampalarni ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatish, energiya sarfi hajmini qisqartirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Birinchi Prezidentimizning 2013-yil 1-martdagi «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni va 2015-yil 5-maydagi «2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2016-yil yakunlari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida 2016/2017-yil kuz-qish mavsumida energoresurslarni tejash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni hisobga olgan holda 1210,3 million kVt/soat elektr energiyasi va 991,2 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga erishildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2015-yilda yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imi 10,8 foizga, 2016-yilda 7,2 foizga va 2017-yilning birinchi choragida 12,7 foizga qisqarishiga erishildi.

Iqtisodiyotning energiya va resurs sig‘imini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat samaradorligini oshirish yaqin istiqboldagi vazifalar hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 26-maydagi «2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

"O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “EGL-NUR” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyati mamlakatimizda svetodiod lampalar va yoritgichlar ishlab chiqarayotgan yirik korxonalardan biri. Ushbu korxona Janubiy Koreyaning “EG Lightings” kompaniyasi hamkorligida 2013-yil dekabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, "Angren" erkin iqtisodiy zonasida joylashgan. Hozir bu yerda ushbu mahsulotning bir necha turi ishlab chiqarilmoqda. Korxona oyiga 200 ming dona svetodiod lampa va 1000 dona yoritgich ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxonada ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga yuqori sifati, energiya tejamkorligi tufayli iste’molchilar o‘rtasida talab yuqori. Ishlab chiqarilayotgan lampalar har qanday iqlim sharoitiga chidamli, xalqaro standartlarga mos, ekologik jihatdan xavfsiz. Ular inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz, zero ultrabinafsha va infraqizil nur taratmaydi, tarkibida og‘ir metall va zaharli moddalar yo‘q. Korxona mahsulotlaridan mamlakatimiz shaharlari ko‘chalarida keng foydalanilmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan ushbu tejamkor lampalardan foydalanish muddati 30 ming soatdan ortiq. Bu oddiy cho‘g‘lanma lampadan 30 barobar ko‘p degani. Oddiy cho‘g‘lanma lampaga nisbatan 9-10 barobar kam energiya sarflaydi. Svetodiod lampalar hisobidan xonadonlarda energiya sarfi bir necha barobar kamaymoqda. Bu aholi turmush darajasini yaxshilash bilan birga, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga ham xizmat qiladi.

Qabul qilingan qarorning amaliyotda izchil qo‘llanilishi nafaqat yoritish maqsadlarida elektr energiyasidan samarali foydalanishni, balki mahalliy korxonalarda energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratishni ta’minlaydi.

O’zA