CHORAK FINALGA QUR’A TASHLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasining chorak final o‘yinlariga qur’a tashlandi.
Mazkur saralash bosqichida qit’amizning sakkiz jamoasi ikki mintaqaga bo‘lingan holda ishtirok etadi. G‘arb mintaqasida mamlakatimizning “Lokomotiv”, Qatarning “Al Jayish”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al Nasr” va “Al Ayn” jamoalari o‘zaro bahslashsa, Sharq mintaqasida Xitoyning “Shandong Luneng” va “Shanxay SIPG”, Janubiy Koreyaning “Seul” va “Chonbuk Motors” jamoalari raqobatlashadi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, “Lokomotiv” chorak finalda “Al Ayn” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Al Nasr” va “Al Jayish” yarim final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahslashadigan bo‘ldi.
Sharq mintaqasida “Shandong Luneng” va “Seul”, “Chonbuk Motors” va “Shanxay SIPG” yarim final yo‘llanmasi uchun o‘zaro kuch sinashadi.
Qoidaga binoan Sharq va G‘arb mintaqasida ishtirok etayogan jamoalar finalga qadar o‘zaro o‘yin o‘tkazmaydi. Yarim finalga chiqadigan jamoalar ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra aniqlanadi. Chorak finalning dastlabki uchrashuvlari 23-24-avgust kunlari, javob o‘yinlari esa 13-14-sentabr kunlariga mo‘ljallangan.
“Lokomotiv” klubi dastlabki uchrashuvini 23-avgust kuni safarda, javob o‘yinini 13-sentabr kuni o‘z maydonida o‘tkazadi.
O’zA