Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

CHORVA MAHSULOTLARI NAZORATI KUCHAYTIRILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
CHORVA MAHSULOTLARI NAZORATI KUCHAYTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz farovonligini yuksaltirish, salomatligini muhofazalashga xizmat qilayotir. Jumladan, veterinariya sohasi muntazam takomillashtirilayotgani nasldor chorva mollarini ko‘paytirish, aholiga hayvonlardan turli yuqumli kasalliklar yuqishining oldini olishda muhim omil bo‘lmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 31 dekabrdan kuchga kirgan yangi tahrirdagi “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunida veterinariya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Yangi tahrirdagi qonunni ishlab chiqish jarayonida uning sifati va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida olimlar, malakali mutaxassislar, ekspertlar keng jalb etildi, joylarda o‘tkazilgan konferensiya, seminar va davra suhbatlarida ko‘plab takliflar yig‘ildi.

Qonunda epizootik barqarorlik tushunchasi veterinar osoyishtalik iborasi bilan almashtirildi, bunda hayvonlarning sog‘lig‘iga salbiy omillarning zararli ta’siri bilan bir qatorda ularning yashashi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash qoidasi kiritildi. Epizootik holatlar kelib chiqishi, namoyon bo‘lishi hamda unga qarshi kurashish masalalari, chorva mollari egalarining majburiyatlari belgilab berildi.

— Qonunga veterinariya sohasidagi asosiy tushunchalarning kiritilishi, ayniqsa, biologik chiqindilar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga aniq ta’rif berilgani soha rivojida muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sadirjon Jakbarov. - Hujjatga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning tegishli hudud aholisini epizootiya va nobop punkt to‘g‘risida xabardor etishdagi ishtirokini belgilovchi normalar kiritilgani ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi.

Qonunning mahalliy davlat hokimiyatining veterinariya sohasidagi vakolatlari belgilangan moddasi ikkita yangi band bilan to‘ldirildi. Ular asosida mahalliy davlat hokimiyatiga hayvonlarning yuqumli kasalliklari paydo bo‘lgan taqdirda tegishli hududda karantin o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilish va epizootiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish vakolati berildi. Bundan tashqari, qonunda veterinariya sohasidagi davlat idoralarining vakolatlarini aniq belgilash maqsadida yangi 8-modda kiritilgan va O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining veterinariya sohasidagi vakolatlari aniq bayon etilgan.

Qonunga ko‘ra, chorvachilik faoliyatini tashkil etish va yuritish, hayvonlarni saqlash, ozuqabop qo‘shimchalarni hamda veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq korxona va tashkilotlar ustidan tizimli davlat veterinariya nazorati olib borilishi belgilandi. Ularning faoliyati tegishli mezonlarga ko‘ra tashkil etiladi. Bundan tashqari, qonunda xususiy veterinariya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari rolini oshirish, ularning manfaatlari himoyasini va raqobat muhitini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Hayvonot olamiga mansub mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash, bu boradagi qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik yanada aniqlashtirildi. Bu aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

— Qonun asosida veterinariya uchastkalari va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mudirlariga davlat veterinariya inspektori maqomi berildi, - deydi O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abdurasul Boltayev. - Laboratoriya tekshiruvlari belgilangan tartibda o‘tkazilishi, tashxis qo‘yish ishlarini yuridik va jismoniy shaxslar litsenziya asosida amalga oshirishi qonunda ko‘rsatilgani laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazishning qonuniy asoslanishini ta’minlaydi. Chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash hamda realizatsiya qilish bilan bog‘liq yumushlar veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasi asosida bajarilishining belgilangani mahsulotlar xavfsizligini ta’minlashda qo‘l keladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, dunyoning turli mintaqalarida insonlar uchun xavfli bo‘lgan hayvonlar kasalliklari ko‘payib, ularning tarqalishi tezlashmoqda. Ana shunday sharoitda mamlakatimiz aholisini bunday xavflardan o‘z vaqtida himoya qilish, ularni sifatli go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash doimiy e’tiborda.

Qonunda davlat veterinariya xizmati barcha chorvachilik ob’yektlarining, kushxonalar, qayta ishlovchi korxonalar, savdo shoxobchalari, xomashyo omborlarini qurish va rekonstruksiya qilish, yer qazish ishlarining veterinariya ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etishi belgilangani buning dalilidir. Zero, bu o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar o‘choqlari ustidan nazoratni yanada qat’iy amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muxtasar aytganda, yangi tahrirdagi “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunning hayotga tatbiq etilishi aholini hayvonlar va odamlar uchun xavfli kasalliklardan samarali muhofaza qilish, chorva mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

O’zA