CHORVOQ SUV OMBORI YO’NALISHIDAGI KO’PRIK VA YO’L QURILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yilda “O’zavtoyo’l” aksiyadorlik kompaniyasi yangi yo’l va ko’prik uchastkasini qurishga kirishadi. U Chorvoq suv ombori yo’nalishidagi yo’lni qisqartirish imkonini beradi.
“O’zavtoyo’l” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, “Toshkent aylanma yo’li yangi uchastkasining qurilishi” nomli mazkur loyiha olti kilometrlik yangi yo’nalishni o’z ichiga oladi: birinchi kilometrda “Chirchiq” daryosi orqali ko’prik qurilishi bilan 4R-12 avtomobil yo’lining 17 kilometridan 4R-1 avtomobil yo’lining 39 kilometriga qadar.
Qurilajak yangi yo’l va ko’prik masofani qisqartiradi - Qibray tumanidagi barcha avtotransport vositalari aylanib o’tish zaruratidan ozod bo’lishadi. Qurilish ishlari joriy yilning to’rtinchi choragida boshlanadi.
“Jahon” AA