Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DAM OLUVCHILAR UCHUN TANLASH IMKONIYATI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DAM OLUVCHILAR UCHUN TANLASH IMKONIYATI

Poytaxtimizda “Dam olish dunyosi” xalqaro O‘zbekiston sayyohlik ko‘rgazmasi boshlandi

Ko‘rgazma “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va “Buyuk ipak yo‘li” reklama agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirning ochilishida “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisining o‘rinbosari Anvar Temirxo‘jayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida yurtimizda ichki va tashqi turizm tobora kengayib borayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari, yuksak sifatli xizmat sayyohlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.

Yurtimizda sayyohlikning ekoturizm, geoturizm, ekstremal, tibbiy va madaniy yo‘nalishlari, alpinizm, baliq ovi, rafting kabi ko‘plab turlari rivojlanmoqda. Qadimiy obidalar, xushmanzara go‘shalar bo‘ylab yangi sayyohlik yo‘nalishlari ishlab chiqilmoqda, transport kommunikatsiyalari izchil yaxshilanmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda 530 dan ziyod turoperator va agentlik faoliyat yuritmoqda. Poytaxtimiz va viloyatlarda “Radisson”, “Lotte”, “Ramada”, “Wyndham” kabi dunyo miqyosida tan olingan otellar bilan birga, kichik guruhlarda va oilaviy sayohat qiluvchilar uchun xususiy mehmonxonalar xizmat ko‘rsatmoqda.

Dam olish turizmi butun dunyoda talab yuqori bo‘lgan sohalardan biridir. Ushbu xalqaro ko‘rgazma O‘zbekistonda bahor-yoz sayyohlik mavsumini ochib beradigan o‘ziga xos loyiha bo‘lib, xorijliklarni mamlakatimizdagi dam olish maskanlariga jalb qilish va yurtdoshlarimizning chet elga sayohatini uyushtirish, ichki turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. Ko‘rgazma mahalliy va xorijiy turoperatorlarning yangi sayyohlik mavsumi oldidan o‘z mahsulot va xizmatlarini ilgari surishi, korporativ mijozlar bilan shartnomalar tuzishi, ta’til mavsumiga oid rejalar ishlab chiqishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Bu yil uchinchi bor o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada O‘zbekiston, Ispaniya, Shveytsariya, Malayziya, Singapur, BAA, Turkiya, Vetnam, Maldiv va Seyshel orollari kabi o‘ttiz mamlakatdan qariyb 150 firma va kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

– O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilib kelamiz, – deydi Malayziyaning “Embassy Alliance Travel” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Mixail Mitryakov. – O‘zbekistonga malayziyalik va singapurlik sayyohlarni jo‘natishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Yurtingizning tarixiy qadamjolarini, xushmanzara tabiatini ko‘rish istagida bo‘lganlar ko‘p.

Ko‘rgazmada xorijning nufuzli xalqaro sayyohlik firmalari, milliy sayyohlik kompaniyalari, mehmonxona va restoranlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar vakillari mamlakatimizning sayyohlik salohiyati va taklif etilayotgan xizmatlar, maftunkor tabiat va tarixiy obidalar aks etgan eksponatlar, xalq hunarmandligi buyumlari, fotoekspozitsiyalar, ekoturizm va sport turizmi, aviatransport, mehmonxona, sug‘urta va bank xizmatlari, milliy va hududiy sayyohlik tashkilotlari faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishmoqda.

“Dam olish dunyosi” barcha zamonaviy yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan. Jumladan, unda ichki va tashqi turizm, faol va sarguzasht turizmi, ilmiy va sog‘lomlashtirish turizmi, sayyohlik ma’muriyatlari va milliy ofislar, turistik agentliklar va turoperatorlar, mehmonxonalar, sanatoriy-kurort majmualari, dam olish maskanlari, transport va sug‘urta kompaniyalari, onlayn bronlashtirish tizimlari kabi bo‘limlar ishlab turibdi.

Aholi daromadlari oshib borayotgani va sayyohlik infratuzilmasi takomillashayotgani samarasida mamlakatimizda ichki turizm ham tobora rivojlanmoqda. Har yili millionlab vatandoshlarimiz yurtimiz bo‘ylab sayohat qilmoqda. Viloyatlarning o‘ziga xos jihatlari, ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, tarixiy obidalar kamroq bo‘lgan joylarda ekoturizm, geoturizm, off-road sayohatlari, tog‘li zonalarda ekstremal turizm tashkil etilmoqda. Sayyohlikni rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarga muvofiq madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, turistik obyektlarni qurish va ta’mirlash, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sayyohlik tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekspozitsiyasi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

– Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining sayyohlik infratuzilmasini yaxshilashga, bu boradagi imkoniyatlardan keng foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Bayram Kusenov. – Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi, Tuproqqal’a, Aqchaxonqal’a, Ayozqal’a, Chilpiq, Mizdaxkan singari madaniy yodgorliklar yurtdoshlarimiz va xorijliklarning sevimli maskaniga aylangan.

Ko‘rgazma doirasida mamlakatimizga sayyohlarni yanada kengroq jalb qilish borasida chet ellik mutaxassislar bilan o‘zaro fikr va mulohaza almashiladi, hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xorijning sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikka oid qator bitimlar imzolanadi.

Ko‘rgazmaning dastlabki kunida Jahon sayyohlik tashkilotining “O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Gastronomik turizm pazandachilik bilan bog‘liq barcha turistik faoliyat turlari, xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, gastronomik festivallar, oziq-ovqat yarmarkalari va bu borada tajriba orttirishga xizmat qiluvchi sayohatlar majmuidir. Mahalliy va xorijiy ekspertlar, sayyohlik kompaniyalari vakillari va talaba-yoshlar ishtirok etgan mazkur anjumanda O‘zbekistonda gastronomik turizm imkoniyatlari, tarmoqda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollariga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Dam olish dunyosi” ko‘rgazmasi doirasida qadimiy avtomobillar ishqibozlari uchun 60-yillik tarixga ega yigirmadan ziyod noyob turdagi retro-avtomashinalar ko‘rgazmasi ham namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida “Ipak yo‘li lazzati” milliy taomlar festivali o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar turfa xildagi milliy taomlarimiz lazzatidan bahramand bo‘ladi. Shuningdek, sayyohlik firma va kompaniyalarining taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

“Dam olish dunyosi” xalqaro O‘zbekiston sayyohlik ko‘rgazmasi jahon jamoatchiligini mamlakatimizning sayyohlik borasidagi ulkan salohiyati bilan keng tanishtirish va xorijning sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, ichki turizmni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

"Jahon" AA