DASTURIY VAZIFALAR VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz joriy yilning 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida barcha jabhadagi islohotlarni yangi bosqichga ko’tarish, hudud taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan ulkan loyihalarni amalga oshirish, sanoatni jadal ravnaq toptirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish va eksport hajmini oshirish bo’yicha aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Shundan kelib chiqib, 2017-2018 yillarda vohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 4 yarim mingdan ortiq loyihalarga umumiy qiymati 2 trillion 667 milliard so’m miqdorida investitsiyalar jalb etish hamda 29 mingga yaqin ish o’rinlari yaratish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Shulardan 2587 tasini joriy yilda ro’yobga chiqarish ko’zda tutilgan. Buning hisobiga umumiy qiymati 1 trillion 12 milliard so’mlik sarmoyalar o’zlashtiriladi. Natijada yil yakunida vohada birgina sanoat tarmoqlari tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar hajmiga yana 200 milliard so’mlik ko’rsatkich qo’shiladi. Hozir bu boradagi -amaliy ishlar qizg’in davom ettirilayapti. O’tgan qisqa davrda mazkur yo’nalishda 37 ta biznes-reja ijro etilib, qariyb 116 milliard so’mlik investitsiyalar kiritilgani buning tasdig’idir.
E’tiborlisi, ayni kunda viloyatning har bir tumanida zamonaviy korxonalar qad rostlayapti. Xususan, Hazorasp tumanida “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgani yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Bu yerda faoliyat boshlaydigan sub’yektlarda go’sht konservalari, kir yuvish mashinasi, changyutkich, shifer va temir-beton buyumlari hamda qandolat mahsulotlari kabi yuqori sifatli xalq iste’moli tovarlari tayyorlanadi. Binobarin, yaqin istiqbolda Hazoraspda ikkita, Gurlan tumanida bitta to’qimachilik, Shovot, Yangiariq, Xonqa tumanlari hamda Urganch shahrida bittadan poyabzal va charm-attorlik, Bog’ot, Xiva, Shovot tumanlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, Qo’shko’pir va Xiva tumanlarida farmatsevtika korxonalari ishga tushiriladi.
Albatta, bularning barchasi pirovardida voha iqtisodiy salohiyatining yuksalishi, yangi turdagi mahsulotlar o’zlashtirilishi, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligi ta’minlanishiga xizmat qiladi. Mazkur loyihalar sharofati bilan hudud -infratuzilmasi, me’moriy qiyofasi hamda kommunikatsiya tarmoqlari takomillashadi. Shu maqsadda bunday korxonalarga muayyan imtiyozlar ham berilgan. Masalan, Yangiariq, Qo’shko’pir, Hazorasp tumanlarida yangi tashkil etiladigan sanoat tarmoqlari 2027 yilning 1 yanvarigacha, boshqa tumanlarda esa 2022 yilning 1 yanvarigacha barcha turdagi soliq va to’lovlardan ozod qilingan.
Shovot tumanida faoliyat boshlagan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Uztex Katqal’a” qo’shma korxonasi jamoasi ham bunday imkoniyatlardan foydalanib, katta muvaffaqiyatlarga erishishni maqsad qilgan. Yaqinda bu yerda yiliga 70 million juft erkaklar, ayollar va bolalar paypoqlari ishlab chiqarishga kirishildi. Buning uchun Yevropaning yetakchi davlatlaridan zamonaviy dastgohlar olib kelib o’rnatildi. -Natijada 800 dan ziyod ish o’rinlari yaratildi. Hademay, ushbu MCHJ eksportchilar safiga qo’shilib, to’qimachilik ashyolarining 95 foizini tashqi bozorga chiqaradi. Hozir esa “Uztex Katqal’a” ishchi-mutaxassislari kuniga 100 — 120 ming juft paypoqni xaridorlarga yetkazib berayapti.
— Shovot yengil sanoat kollejini tugallab, shu jamoa safiga qo’shildim, — deydi Shohida Shomurodova. — Bu yerda tengdoshlarim qatori kompyuterlashtirilgan dastgohlarni boshqarayapman. Sexlarimiz ozoda. Unumli mehnat qilishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan. Shunday zamonaviy korxonada ishlayotganimdan mamnunman.