Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DASTURXON HAM, BOZOR HAM TO‘KIN

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DASTURXON HAM, BOZOR HAM TO‘KIN

Prezidentimizning “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini o‘qib...

Zamini unumdor, serquyosh yurtimiz qishloq xo‘jalik mahsulotlarining barcha turlari, ayniqsa, meva-sabzavot, poliz ekinlari yetishtirish uchun juda qulay hisoblanadi. Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli fermer va dehqonlarimiz, bog‘bonu sohibkorlarimiz har qarich yerdan samarali foydalanib, xalqimiz dasturxoni to‘kinligi, bozorda narx barqarorligini ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlarga mos holda aholiga uzluksiz yetkazib berish, ularning sifati va xavfsizligini ta’minlashga erishilmoqda.

Bu mahsulotlarga xorijda ham talab yuqori bo‘lib, ayni paytda mamlakatimiz 180 dan ortiq turdagi meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni dunyo bozoriga chiqarmoqda.

Prezidentimizning shu yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda huquqiy asos bo‘lmoqda.

Qarorga ko‘ra, 2016-yilgi hosildan boshlab meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasining joriy etilishi dehqon va fermerlarning manfaatdorligini oshirish, mahsulotni sifatli qayta ishlash va saqlash, bozorga raqobatbardosh mahsulot chiqarish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

– Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligimizning 9 gektar bog‘i bor, – deydi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Sardorbek-Maqsud-Ostona bog‘ olmasi” fermer xo‘jaligi raisi Parda Ostonayev. – Olma, o‘rik, gilos, shaftoli, olxo‘ri daraxtlari hosilga kirgan. O‘tgan yili qayta ishlash korxonasiga shartnoma asosida 100 tonnaga yaqin meva yetkazib berdik. Samarqand shahri va tumanimizda tashkil etilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdo yarmarkalarida qatnashdik. Xo‘jaligimiz a’zolarining ehtiyoji o‘zimiz yetishtirgan mahsulotlar hisobidan qondiriladi. Ochiq maydonlar bilan birga, bog‘ qator oralariga ham kartoshka, sabzavot ekinlari ekishni yo‘lga qo‘yganimiz mahsulot hajmi va xo‘jaligimiz daromadining oshishiga xizmat qilmoqda. Prezidentimizning yaqinda e’lon qilingan qarori bu boradagi imkoniyatlarimizni yanada kengaytirdi. Ayniqsa, mahsulot yetishtiruvchi va qayta ishlovchilar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlarining aniq belgilab qo‘yilishi, meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari, uzum fermer va dehqon xo‘jaliklaridan kelishilgan, bozor narxlarida xarid qilinishi ko‘nglimizdagi gap bo‘ldi. Chunki mahsulotni sotish uchun shartnoma tuzishda, ko‘p hollarda, xarid qiluvchi qo‘ygan shartlarga ko‘nishga majbur bo‘lar edik. Endi davlat buyurtmasi doirasida tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari asosida mahsulot yetishtiruvchiga shartnoma qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘nak berishi ham belgilab qo‘yildi.

Bugungi kunda viloyatdagi dehqon-fermer xo‘jaliklarida bog‘ va uzumzorlarga ishlov berish, ochiq maydonlarga sabzavot va poliz ekinlari ekish bilan birga, tokzor va bog‘lar orasidan ham samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tasarrufida 40 ming 200 gektardan ortiq tokzor, 32 ming 300 gektar bog‘ mavjud, – deydi viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi Maqsud Qoraboyev. – Ushbu maydonlarning suv va tuproq sharoiti, imkoniyatlari o‘rganilib, tokzorlar va bog‘lar orasiga sabzavot ekinlari ekilmoqda. Hozirgacha 600 gektardan ortiq maydonga kartoshka, 12 ming gektarga no‘xat, 2 ming 500 gektar yerga qovoq ekildi. Shuningdek, karam, sabzi, piyoz, lavlagi, pomidor, bodring, sarimsoq, ko‘katlar yetishtirilayotir.

Bu sa’y-harakatlar bozorlarimizda yil bo‘yi to‘kinlik, narx-navo me’yorida bo‘lishiga, pirovardida aholining turmushi yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

O’zA