Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Davlat byudjeti mablagʻlari qanday maqsadlarga sarflanmoqda?

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Davlat byudjeti mablagʻlari qanday maqsadlarga sarflanmoqda?

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida Davlat byudjetining joriy yil 9 oylik ijrosi yakunlari, shuningdek, 2019-yilga moʻljallangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.

igʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Ahadbek Haydarov hisobot davridagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Partiya fraksiyasi aʼzolari hisobot davrida Davlat byudjeti daromadlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 52,1 foizga oʻsib, belgilangan reja 115,3 foizga bajarilganiga eʼtibor qaratdi. Byudjet daromadlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 22,2 foizni tashkil qildi. Davlat byudjetining xarajatlari oʻtgan yilga nisbatan 30 trillion soʻmga (1,6 barobarga) yaqin oshirilgani, xarajatlarning 60 foizi ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan boʻlib, ajratilgan mablagʻning asosiy qismi tibbiyot va maorif tizimiga sarflangan.

– Prezidentimiz farmoni asosida qabul qilingan Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar joriy yildagi faoliyatimizda muhim oʻrinni egalladi, – deydi moliya vaziri oʻrinbosari A.Haydarov. – Xususan, “Obod qishloq” dasturi ijrosi boʻyicha qishloq joylarning qiyofasi tubdan yangilandi. “Obod mahalla” dasturida doirasida 214,2 milliard soʻm, shuningdek, qoʻshimcha manbalar hisobidan yana 3,5 trillion soʻm mablagʻ ajratildi. Shuningdek, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi boʻyicha mamlakatimizda yosh tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni kichik biznes bilan shugʻullanishga faol jalb etish, yangi ish oʻrinlari yaratish uchun tijorat banklari orqali 7 foizlik kredit berildi.

Yigʻilishda fraksiya aʼzolari 2019-yil Byudjetnomasini muhokama qildi. Mahalliy hokimliklarning vakolatini kengaytirish va rejadan oshirib bajarilgan daromadlarni hududlarning oʻz ixtiyorida qoldirilish mexanizmini joriy etish natijasida 2018-yil yakunlari bilan mahalliy byudjetlarda 5,5 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ qolishi kutilmoqda. Shu bilan bir qatorda, mamlakatning bosh moliyaviy hujjatida oʻtgan qisqa davr mobaynida joylarda xalq bilan boʻlgan ochiq muloqotlar chogʻida fuqarolar bildirgan koʻp yillik taklif va talablarni aks ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

***

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida ham shu masala muhokama qilindi.

Fraksiya aʼzolari hisobot davrida xarajatlarning ilm-fan, adabiyot, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirishga, shahar va qishloq joylarda namunaviy arzon uy-joylar barpo etishga qaratilganini alohida taʼkidladi.

Muhokamalarda hukumat tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni qoʻllab-quvvatlagan holda, mamlakatimiz byudjetining hisobot davridagi ijrosi bilan bogʻliq bir qator masalalarga eʼtibor qaratildi. Jumladan, 2018-yilda madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqi toʻlovlarini toʻlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ularning ish haqi oʻrtacha 45 foizga oshirildi. Shuningdek, madaniyat uylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va mukammal taʼmirlashga 70 milliard soʻm, davlat buyurtmasi asosida milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqarishga 44 milliard soʻm, madaniy va arxeologik meroslarni restavratsiya qilish ishlariga 63,8 milliard soʻm ajratilgani qayd etildi.

2019-yilgi Davlat byudjetida turizmni rivojlantirish maqsadida “Gilam” muzeyini tashkil etish uchun mablagʻlar ajratish koʻzda tutish kerakligi haqida taklif bildirildi. Bundan tashqari, turizm sohasiga ijtimoiy sherikchilik asosida xususiy mulkni keng jalb etish, yoshlarimizni hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikka yoʻnaltirish zarurligi haqida aytib oʻtildi.

2019-2021 yillarga moʻljallangan oʻrta muddatli byudjet konsepsiyasi ishlab chiqilganligi fraksiya aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi, shuningdek, davlat byudjetini shakllantirish, uning daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish jarayonlarini tubdan yaxshilashda va ijrosini taʼminlashda ushbu hujjatning naqadar muhimligi eʼtirof etildi. Ayni paytda byudjet konsepsiyasida koʻzda tutilgan chora-tadbirlar, avvalambor, xalqimiz farovonligini oshirishga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, ijtimoiy sohani va uning infratuzilmasini yanada takomillashtirishga, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotimizga keng jalb etishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan fraksiyalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.

www.uza.uz