Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DAVLAT RAQOBAT QO’MITASI RAISI IHRT DELEGATSIYASI VAKILLARINI QABUL QILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DAVLAT RAQOBAT QO'MITASI RAISI IHRT DELEGATSIYASI VAKILLARINI QABUL QILDI

Joriy yilning 7 mart kuni Davlat raqobat qo’mitasi raisi Davron Xidoyatov Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti (IHRT) delegatsiyasi vakillarini qabul qildi. Tashrifning maqsadi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat bo’ldi.

Uchrashuvda IHRTni raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida zamonaviy tendensiyalarni shakllantirishdagi roli to’g’risida axborot berildi.

Mazkur tashkilotning mutaxassislari o’zaro hamkorlikning muhim yo’nalishi sifatida Mamlakatlaro umumlashtiruvchi ma’lumotlarni o’tkazish muximligini ta’kidladilar.

Shuningdek, ikkitomonlama hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari sifatida o’zaro axborot almashish, Qo’mita xodimlarini malakasini oshirish yo’li bilan kadrlar salohiyatini mustahkamlash, IHRT ekspertlarini jalb qilgan holda raqobat sohasidagi normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, IHRT tomonidan tashkil etiladigan Global forumlarda O’zbekistonlik mutaxassislarni ishtirok etishi hamda o’zaro hamkorlikda mintaqaviy biznes-forumlarni tashkil etish va boshqalar belgilandi.

Uchrashuv davomida monopoliyaga qarshi tartibga solish bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiquvchi huquqshunoslarni malakasini oshirish ham muhim yo’nalish ekanligi qayd etildi.

Ma’lumot uchun: Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri bu raqobat muhitini shakllantirishdir. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotida (IHRT) bir qator qo’mitalar mavjud bo’lib (Raqobat huquqi va siyosati bo’yicha qo’mita, Savdo va raqobat bo’yicha qo’mita, Iste’molchilarni himoya qilish bo’yicha qo’mita) ular ishtirokchi davlatlar o’rtasida raqobatni himoya qilish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtiradi. Kotibiyatning o’zida esa Moliya va korxonalar ishi bo’yicha Direktorat doirasida raqobat huquqi va siyosati bo’yicha bo’lim bor.

IHRT va o’tish davri iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar o’rtasida monopoliyaga qarshi siyosat sohasidagi o’zaro hamkorlik aynan shu bo’linma orqali amalga oshirib kelinadi. Bunda ushbu hamkorlik shakli va yo’nalishi bo’yicha turlicha, keng qamrovli bo’lib, o’tgan davr mobaynida intensiv tusga ega bo’lgan.

MDH, Baltiya, Sharqiy va Markaziy Yevropa davlatlarini monopoliyaga qarshi idoralarining mutaxassislari uchun doimiy ravishda ishchi seminarlar tashkil etilib boriladi. Ushbu seminarlarda mutaxassislar bozor erkinligini ta’minlash borasidagi aniq misollar yordamida fikr almashadilar. IHRT ekspertlari, odatda ular AQSH, Buyukbritaniya, Kanada, Italiya, Germaniya, Fransiyaning monopoliyaga qarshi idoralarining xodimlari o’zlarini amaliyotini o’rtoqlashadilar, mavjud qonunchiliklari, tabiiy monopoliya sohalariga raqobatni joriy qilish imkoniyatlari to’g’risida gapirib beradilar.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Monopoliyaga qarshi agentligi mas’ul xodimlari hamda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan xolda, monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi holatlarini ko’rib chiqish bilan shug’ullanadigan arbitraj sudyalar uchun ham seminar o’tkazib turiladi.

UzReport