Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DEHQON BU – HAYOTNING BAQUVVAT USTUNI, TIRIKLIKNING MUSTAHKAM TAYANCHI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DEHQON BU – HAYOTNING BAQUVVAT USTUNI, TIRIKLIKNING MUSTAHKAM TAYANCHI

9-dekabr kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari dastlab barcha yig‘ilganlarni yurtimizda birinchi marotaba nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami bilan muborakbod etdi.

Mirishkor dehqon va fermerlar, suvchi va irrigatorlar, mexanizator va agronomlar, agrar tarmoq olimlari dunyodagi eng sharafli kasb egalaridir. Bu sohaning mehnati qanchalik sharafli, noni esa, qanchilik totli va shirinligini hamma yaxshi biladi. Dehqon deganda, bepoyon dalalar, bog‘lar, dasturxondagi turli noz-ne’matlar, to‘yu-tomosha, xursandlik kunlarimiz, butun hayotimiz ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.

Prezidentimiz aytganlaridek, dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchidir. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz “olam ahlining to‘qligi, quvonchi, avvalo, yerga urug‘ sochib, bebaho noz-ne’mat yetishtiradigan fidoyi insonlar mehnatidandir” deb, mirishkor dehqonlar xizmatiga juda katta baho berganlar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yil yakuniga yetayotgan hozirgi pallada agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini tahlil qilish va kelasi yil uchun eng muhim chora-tadbirlarni belgilab olish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida, mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. Keyingi ikki yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari 45 foizga ko‘payib, ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yil mamlakatimizda 8 million 377 ming tonna g‘alla, 2 million 930 tonnadan ziyod paxta, 12 ming 450 tonna pilla, 318 ming tonna sholi, 23 million tonna meva-sabzavot, 13 million tonna go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirildi.

Mamlakatimizda birinchi marta shafran ekish yo‘lga qo‘yildi, soya ekish kengaydi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi. 856 million dollarlik 724 ming tonna ho‘l meva chetga sotildi.

Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlari doirasida baliq, asal yetishtiriladigan, parranda, echki, qoramol boqiladigan ko‘plab xo‘jaliklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Zotdor qorabayir otlarini ko‘paytirish va ot sportini rivojlantirish maqsadida Qashqadaryoda yangi yilqichilik kompleksi tashkil etildi. Toshkent viloyatida va yurtimizning boshqa hududlarida ham bunday majmualar barpo etilmoqda.

Baliqchilik sohasini tiklash uchun “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etildi. Uning tizimiga 3 ming 600 ta baliqchilik xo‘jaligi kiritildi. Joriy yilda 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun’iy ko‘llarda 100 ming tonnadan ortiq baliq yetishtirildi.

Yana bir muhim yo‘nalish – asalarichilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi tashkil etilib, unga asal yetishtiradigan 14 mingdan ortiq tadbirkor a’zo bo‘ldi.

Suv resurslari cheklangan mintaqamizda dehqonchilik qilishancha og‘ir va mashaqqatli. Shu bois suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning tashabbuskori bo‘lgan xo‘jalik va tashkilotlarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar yaratib berilmoqda. Natijada, bugungi kunda qariyb 240 ming gektar maydonda ana shunday texnologiyalar, jumladan, 28 ming gektar yerda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilindi.

Prezidentimiz, sohada erishilgan natijalar bilan birga ishga solinmagan imkoniyatlar, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklarga ham e’tibor qaratdi.

Avvalo, yerdan unumli foydalanish va uni talon-taroj qilishning oldini olish – eng muhim vazifalardan biridir, dedi davlatimiz rahbari. Mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlar atigi 3 million 300 ming gektar bo‘lib, uni ko‘paytirishning hech iloji yo‘q. Chunki O‘zbekistonda suv resurslari cheklangan.

Yana bir muammo – sug‘orish inshootlari eskirib, tarmoqlar yaroqsiz holga kelib qolmoqda. Oqibatda 830 ming gektar yerni sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Aholini sifatli go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan talab darajasida ta’minlash ham eng asosiy vazifalardan. Davlatimiz rahbari aytganidek, bunga erishish uchun qo‘shimcha zotdor qoramol boqishni yo‘lga qo‘yish, parranda boqishga mo‘ljallangan xo‘jaliklarni ko‘paytirish kerak.

Shuningdek, meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, sifatli tarzda aholiga yetkazish, imkon qadar ko‘proq qayta ishlash va eksport qilish ishlarini yanada faollashtirish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning atigi 15 foizi qayta ishlanadi, 8 foizi eksport qilinadi, xolos. Bu raqamlar O‘zbekistonning salohiyati mos emas.

Mamlakat bo‘ylab 445 ming gektar eng unumdor yer aholiga tomorqa sifatida berilgan. Lekin undan foydalanish talab darajasida emas. Tomorqada sitrus mevalar yetishtirishga mo‘ljallangan ixcham issiqxonalar barpo qilish, yong‘oq, unabi va boshqa ko‘chatlar yetishtirishni tashkil etish yaxshi foyda keltiradi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasining holati yaxshilash ham dolzarb masala bo‘lib turibdi. Mamlakatimizdagi 146 ming 295 ta qishloq xo‘jaligi texnikasining 38 foizi butunlay eskirgan. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlar bog‘ va tokzorlarga ishlov berish, sabzavot ekish, parvarishlash va yig‘ib olishga mo‘ljallangan texnika bilan 34 foizgina ta’minlangan, xolos. Bu esa mehnat unumdorligi va hosildorlikning pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ilm-fan hayot talablaridan orqada qolayotgani jiddiy muammolardan biridir. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli ilmiy-tadqiqot institutlarining agrar fan va seleksiyani rivojlantirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, har bir hududda tuproq va iqlim sharoitiga mos ekin navlarini yaratish va joylashtirish borasidagi o‘rni va rolini keskin oshirish lozimligini qayd etdi.

Bu ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasi zamonaviy tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini bermaydi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan kadrlar yetishmaydi. Ayniqsa, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida veterinar mutaxassislarga ehtiyoj katta.

Davlatimiz rahbari bu holatlarning barchasini hisobga olib, sohaga ilmiy yondashuv tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlash uchun Veterinariya instituti tashkil etishni tashabbusini ilgari surdi.

Terini qayta ishlash sohasi ham jiddiy e’tibor talab qiladi. Mamlakatimizda 12 million donadan ziyod terini yig‘ish, chuqur qayta ishlash, yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot tayyorlash bo‘yicha ishlarni faollashtirish maqsadga muvofiqdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda parrandachilikni rivojlantirishni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida Parrandachilik ilmiy markazini tashkil etishni taklif qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlarni xalqimiz eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlardan biri bo‘lgan kartoshka bilan to‘la ta’minlash uchun yiliga o‘rtacha 50 ming tonna sifatli kartoshka urug‘ini yetishtirish talab etiladi. Davlatimiz rahbari buning uchun Gollandiya, Polsha, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikda zamonaviy laboratoriya uskunalariga ega bo‘lgan mahalliy urug‘chilik markazi va maxsus korxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Fermer xo‘jaliklarida yerdan unumli foydalanish, daromad hajmini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor berish zarur. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 million 626 ming gektar maydonning umumiy uzunligi 385 ming kilometr bo‘lgan chekka qismlarida sabzavot va poliz ekinlari ekishni yo‘lga qo‘yish orqali 415 ming tonna qo‘shimcha mahsulot yetishtirishga erishish mumkin ekan. Har bir fermer xo‘jaligi dalasida bir boshdan, jami 14 ming sog‘in sigir, 21 ming 125 fermer xo‘jaligining har birida 50 boshdan jami 1 million 57 ming parranda, 66 ming fermer xo‘jaligining dala chetlarida 329 ming quti asalari boqish hisobidan 7 ming 200 tonna asal yetishtirish imkoniyati mavjud.

Jiddiy yondashuvni talab etadigan yana bir masala – yengil sanoat korxonalarini sifatli tola bilan ta’minlash. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu munosabat bilan 2018 yilda 1 million 200 ming tonna paxta tolasini yurtimizda to‘liq qayta ishlab, xorijga faqat tayyor mahsulot eksport qilishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, qishloq xo‘jaligining yuqori samaradorligini ta’minlash uchun barcha darajadagi rahbarlar, ayniqsa, tumanlardagi 4 ta sektor rahbarlari mas’uliyatini oshirish talab etiladi. Barcha rahbarlar qishloq xo‘jaligi masalalari, ya’ni, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashabbus ko‘rsatib ishlashi, eng muhimi, natijadorlikka erishmog‘i shart.

Anjumanda Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qutlug‘ bayram arafasida agrar sohada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, yurtimiz qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, bu borada o‘ziga xos maktab yaratgan fidoyi yurtdoshlarimizdan bir guruhini Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanganini e’lon qilib, ularni tantanali ravishda egalariga topshirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari tomonidan aytilgan reja va dasturlarni amalga oshirish uchun o‘zlarida kuch va imkoniyatlar, bilim va tajriba yetarli ekanini, yurt ravnaqi yo‘lida g‘ayrat bilan mehnat qilishini ta’kidladilar.

Anjuman yakunida O‘zbekiston san’at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi.

www.prezident.uz