DENIS ISTOMIN OLIMPIADAGA BORADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.
Prezidentimizning 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ishlarini tizimli asosda tashkil etishda dasturilamal bo‘layotir.
Yaqinda Olimpiya o‘yinlarining tennis bo‘yicha saralash tizimi yakuniga yetdi. Unga ko‘ra Professional tennischilar uyushmasi (ATR) reytingining 65-pog‘onasida borayotgan hamyurtimiz Denis Istomin Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Denis 2012-yili London Olimpiadasida ham ishtirok etgan.