DENIS ISTOMIN - “TASHKENT CHALLENGER – 2015” TURNIRI G‘OLIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda bugun Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan “Tashkent Challenger – 2015” an’anaviy xalqaro turniri yakunlandi. Mazkur nufuzli musobaqada yigirmaga yaqin davlatdan kelgan raketka ustalari yakkalik va juftlik bahslarida o‘zaro bahslashdi.
Turnirning yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin birinchi davrada belaruslik Vladimr Ignatik, ikkinchi davrada germaniyalik Maksimilian Marterer, chorak finalda rossiyalik Yevgeniy Donskoy va yarim finalda hindistonlik Yuki Bambirini mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Hal qiluvchi uchrashuvda tennischimiz slovakiyalik Lukash Latskoga qarshi kortga chiqdi. Mazkur bahsda o‘zining yuqori texnika va aniq to‘p uzatmalari natijasida Denis raqibini 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, xalqaro turnirning bosh sovriniga sazovor bo‘ldi.
– Musobaqada g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi D.Istomin. – Finaldagi raqibim Lukash Latsko bilan shu kunga qadar yetti marotaba bahslashganman. U kuchli tennischi. Murabbiylarim maslahati va muxlislarimning doimo qo‘llab-quvvatlab turgani g‘alaba qozonishimga katta yordam berdi.
Musobaqaning juftlik bahslarida rossiyalik Mixail Yelgin va belaruslik Sergey Betov g‘olib bo‘ldi.