DEPUTAT YOSHLAR DAVRASIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida globallashayotgan axborot muhiti sharoitida yoshlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabatni shakllantirish, internet tarmog‘i orqali kuzatilishi mumkin bo‘lgan turli informatsion xurujlar va mafkuraviy tahdidlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni yanada mustahkamlashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari, O‘rta Chirchiq tumani hokimligi, xalq ta’limi xodimlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
– “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Deputat yoshlar davrasida” mavzusidagi tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi, – deydi partiya viloyat kengashi raisi Ravshan Tolipov. – Yoshlar axborot asrida o‘z bilim va tajribasiga tayanib ishonchli harakat qilishida Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonuni, davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim omil bo‘lmoqda.
Tadbirda yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalar, terrorizm va ekstremizmdan ogoh bo‘lishga chorlovchi “XXI asr fitnasi” nomli hujjatli film namoyish etildi.