Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DEPUTATLAR BIR QATOR QONUN LOYIHALARINI KO‘RIB CHIQDILAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DEPUTATLAR BIR QATOR QONUN LOYIHALARINI KO‘RIB CHIQDILAR

2017-yil 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibiga 22 ta masala kiritildi. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida»gi, «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihalari muhokama etildi.

Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihalari 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, joriy yil 12-iyul kuni parlament va siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuv chog‘ida mamlakatimiz rahbari tomonidan bildirilgan vazifalarni inobatga olgan holda Qonunchilik palatasida qonun loyihalarining dastlabki tarzdagi muhokamalarini tashkil etishga bo‘lgan yondashuv qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, qonun loyihalari faqat Qonunchilik palatasining o‘zidagina emas, balki joylarda ham muhokama etildi. Muhokamalarda hududiy partiya tashkilotlarining, xalq deputatlari tegishli Kengashlaridagi partiya guruhlarining vakillari, shuningdek, oddiy fuqarolar ishtirok etdilar. Davlat rahbarining mazkur tashabbusi aholi o‘rtasida keng qo‘llab-quvvatlandi va qonun loyihalarining yanada puxta ishlab chiqilishiga ko‘maklashdi.

Bundan tashqari, qonun loyihalarining qo‘mitalar, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Ekoharakat deputatlar guruhidagi dastlabki tarzdagi muhokamalariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, ekspertlar va mutaxassislar taklif etildi. Shu tariqa turli tabaqalar va guruhlarning, ekspertlar hamjamiyatining qonun loyihalarini muhokama qilishdagi manfaatlari inobatga olinishi ta’minlandi.

Deputatlar o‘z ishlarini «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qilishdan boshladilar. Ta’kidlandiki, uning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga, ularning faoliyatiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar asossiz aralashuvining oldini olishga, biznes-ombudsman instituti faoliyatining huquqiy mexanizmlarini belgilashga qaratilgan.

Deputatlar mazkur qonun tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish uchun keng imkoniyatlar ochishini alohida ta’kidladilar. Shunisi ham borki, bu faqat o‘zimizning tadbirkorlar uchungina emas, balki o‘z biznesini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan xorijiy kompaniyalarga ham taalluqlidir. Zero, qonun loyihasi ilg‘or xorijiy tajribani, xususan, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

«Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilish paytida uni tayyorlash bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish zarurligi bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlandi. Asosiy maqsad – bolalarni buzg‘unchi, ularning ruhiyatiga zarar yetkazuvchi ta’sirlardan himoya qilish, shuningdek, ularning salomatligiga ziyon yetkazuvchi axborot tarqatilishining oldini olish, cheklash va taqiqlashdan iborat. Ushbu qonun qabul qilingach, deputatlar ta’kidlab o‘tganlaridek, uning qoidalarini amalga oshirish mamlakatimiz rahbarining doimiy e’tibori ostida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanadi.

So‘ngra deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevralda qabul qilingan «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar. Hozirgi kunga qadar huquqiy axborotni tarqatish tartibi 20 tadan ziyod normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinmoqda. Lekin ularda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilmagan. Shu bilan bir qatorda, huquqiy axborotni tarqatish usullari tizimlashtirilmagan edi. Natijada amaliyotda mazkur sohada jiddiy kamchilik va nuqsonlar ko‘zga tashlanmoqda. Majlisda qayd etib o‘tilganidek, qonun qabul qilingach, ana shu barcha masalalar hal etiladi.

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi boshqa qonun loyihasi ham amaliy xususiyatdagi kamchiliklar hamda nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgandir. Muhokamalar jarayonida ta’kidlandiki, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarildi. Fuqarolar murojaatlariga jiddiy e’tibor qaratish bundan buyon ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti siyosatining asosiy xususiyati va ustuvorliklaridan biri bo‘lib qoladi. Shu munosabat bilan ushbu sohadagi barcha yangiliklar qonunchilik darajasida mustahkamlab qo‘yilmoqda. Chunonchi, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgach, jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga oid huquqiy mexanizmlar aniqlashtiriladi va oydinlashtiriladi. Bu, pirovard natijada, mazkur sohadagi huquqni qo‘llash amaliyotini yaxshilashga ko‘maklashadi.

Qonun loyihalari qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lganligini qayd etib o‘tish kerak. Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhining vakillari o‘z dasturiy hujjatlaridan, saylovchilarining huquq va qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda o‘z nuqtai nazarlarini bildirdilar. Deputatlar birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan qonun loyihalarini konseptual jihatdan ma’qulladilar.

Shu bilan birga, majlis davomida deputatlar qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalari doirasini izchil kengaytirib borish zarurligi to‘g‘risida yakdil fikr bildirdilar. Shu munosabat bilan jamoatchilikning keng doiralari uchun qiziqarli bo‘lgan eng dolzarb qonun loyihalarini Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtirish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda qonun loyihalarini ikkinchi o‘qishga tayyorlash doirasida ularning jamoatchilik muhokamalarini joylarda tegishli xalq deputatlari Kengashlarining, hududiy partiya tashkilotlarining, yoshlar, ayollar, keksa avlod vakillari, turli sohalar ekspertlari va mutaxassislari ishtirokida tashkil etish yuzasidan taklif bildirildi.

Shunisi ham borki, bunday amaliyot parlament quyi palatasida bir necha bor sinovdan o‘tkazilgan. Xususan, bu gal ham Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama etish bo‘yicha majlisi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining vakillari, Qonunchilik palatasi qo‘mitalari huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan ekspert guruhlarining a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Amaldagi bir qator qonun hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning muhimligini inobatga olgan holda ularning mohiyati, mazmuni hamda ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish zarurligi ta’kidlandi. Deputatlar mamlakatimiz rahbari bilan uchrashuvdan so‘ng o‘zlari uchun xulosalar chiqarib oldilar, bildirilgan fikr va mulohazalarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qildilar. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbarining barcha takliflari deputatlar korpusining kundalik faoliyatiga faol joriy etilmoqda va uni takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
* * *
Musulmonbek Ibrohimov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakili:

– Davlatimiz rahbarining yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tibori tufayli bugungi kunda deputatlar korpusi bilan, shu jumladan, qonun ijodkorligi jarayonida yaqin aloqalar o‘rnatilgan. Bugungi kunda yoshlar u yoki bu qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikrlari, takliflari va tavsiyalarini bildirish imkoniyatiga egadirlar. Mazkur amaliyot, o‘z navbatida, yoshlarning manfaatlari qonunchilik darajasida hisobga olinishiga imkon bermoqda. Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligi darajasi, ularning siyosiy va huquqiy madaniyati yuksalib bormoqda, bu jamiyatda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishda, huquq ustuvorligi prinsipi so‘zsiz ro‘yobga chiqarilishida muhim ahamiyatga ega.

Mirzatilla Tillaboyev, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori o‘rinbosari:

– Bugungi majlisda biz deputatlar korpusi qonun ijodkorligi jarayoniga, shu jumladan, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasiga bo‘lgan o‘z munosabatini prinsip jihatidan o‘zgartirganini ko‘rib, ishonch hosil qildik. Davlatimiz rahbarining parlament, siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvi ularning faoliyatini takomillashtirishda, saylovchilar bilan ikki tomonlama aloqani mustahkamlashda muhim rol o‘ynadi. Ishonchimiz komilki, qonun loyihalarining joylardagi jamoatchilik muhokamalari ham qonun loyihalarini puxta ishlab chiqishda, turli tabaqalar va guruhlarning fikr-mulohazalarini inobatga olishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Davron Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati:

– Xalq bilan muloqot, fuqarolarning murojaatlariga jiddiy e’tibor qaratish, inson manfaatlarini inobatga olish davlat hokimiyati va boshqaruvi institutlariga nisbatan odamlarning munosabati, shubhasiz, yaxshi tomonga o‘zgarishiga ko‘maklashdi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarga muvofiq, deputatlar bundan buyon ham mazkur masalalarga birinchi darajali e’tibor qaratadilar. Shuningdek, biz qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazishda mahalliy Kengashlar deputatlariga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatib boramiz.

O’zA