Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DEPUTATLAR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2016 YILGI DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARI BYUDJETLARINI, SHUNINGDEK, SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHLARINI QABUL QILDILAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DEPUTATLAR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2016 YILGI DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARI BYUDJETLARINI, SHUNINGDEK, SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHLARINI QABUL QILDILAR

11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqdilar.Majlisda ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri R.Azimov hamda Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi A.Shodmonov ma’ruza qildilar.

Ta’kidlandiki, mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati – 2016-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish va modernizatsiyalash, muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning muvozanatini saqlash, davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi ulushini kamaytirish, xususiy mulkning rolini tubdan oshirishning, mamlakatda mustahkam iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta’minlash maqsadida xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash vazifalarini nazarda tutadi.

Uzoq istiqbolni ko‘zlaydigan ushbu strategiya mamlakatimiz hukumatining joriy yil 16-yanvardagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2015-yil uchun iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni, joriy yilga belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga muvaffaqiyatli erishishni, 2015-yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining samarali ijro etilishini ta’minlamoqda.

Taqdim etilgan loyihalar iqtisodiyotning izchil o‘sishiga, iqtisodiy barqarorlikning muvozanatlashtirilgan ko‘rsatkichlarini hamda eksportning o‘sishini saqlab qolishga, tashqi savdo to‘lov balansining ijobiy saldosini ta’minlashga, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgandir. 2016-yilda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, uni texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va kengaytirish, shuningdek, yo‘l-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturlarini faol amalga oshirishni davom ettirish nazarda tutilgan.

Deputatlar kelgusi yilga shakllantirilgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida, shuningdek, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,2 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,1 foizga, kapital qo‘yilmalar hajmi 9,6 foizga o‘sishi nazarda tutilayotganligini alohida qayd etdilar.

Majlisda ta’kidlandiki, ikki yildan buyon amal qilayotgan O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi 2016-yilgi Byudjetnomani shakllantirish uchun asosiy huquqiy baza bo‘lib xizmat qildi, uning normalari va qoidalari Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

2016-yilda soliq yukini yanada kamaytirish, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini rag‘batlantirish, byudjet tizimining mutanosibligini ta’minlash, byudjet yo‘nalishidagi davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish orqali byudjet mablag‘larini sarflash samaradorligini oshirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishga, kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bir vaqtning o‘zida aholining daromadlari, jamg‘armalari va xarid quvvatini o‘stirishga qaratilgan yo‘lni davom ettirish, shuningdek, boshqa chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunchilik palatasi qator qo‘mitalarining yig‘ilishlarida Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillari ishtirokida oldindan muhokama qilindi. Yig‘ilishlar davomida asosiy moliyaviy hujjatning so‘zsiz ijro etilishi yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.

Savol-javoblardan so‘ng 2016-yilgi Davlat byudjeti loyihasi atroflicha muhokama qilindi. Muhokama davomida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi vakillari so‘zga chiqdilar. Deputatlar iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyatni va jamiyatimiz hayotining boshqa jabhalarini rivojlantirish dasturlari o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishi muhimligini ta’kidladilar.

Chunonchi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlarning fikricha, mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan yanada isloh qilish va modernizatsiyalash, eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosibligini saqlab qolish, 2015yilgi iqtisodiy dastur yo‘nalishlari va ustuvorliklari hisobiga iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlaydigan strategiyani davom ettirish yuzasidan O‘zbekistonda keng ko‘lamdagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi Davlat byudjetining joriy yil uchun belgilangan ko‘rsatkichlariga muvaffaqiyatli erishishga, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

O‘tgan 2014-yil yakunlariga ko‘ra, yaratilgan jami ish o‘rinlarining teng yarmi yoki 480 minggi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga to‘g‘ri keladi. Agar 2000-yilda iqtisodiyotning bu sohasida ish bilan band bo‘lgan aholining 49,7 foizi mehnat qilgan bo‘lsa, bugun bu raqamlar 77 foizga yetdi. Yuqorida aytib o‘tilgan raqamlar mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish, xususiy mulkning roli va ahamiyatini tubdan oshirish, xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning natijasidir. 2016-yilgi Byudjetnoma loyihasida mikrofirma va kichik korxonalarga mansub bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini 6 foizdan 5 foizgacha tushirilishi taklif etilmoqda. Bu mazkur korxonalar ixtiyorida 58,4 milliard so‘m qoldirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 2016-2019-yillarda xizmat ko‘rsatish va servisni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari uchun soliq yukini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Fraksiya a’zolari 2016-yilga soliq siyosati mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilashga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga, yangi ish joylarini yaratishni rag‘batlantirishga, soliq bazasining kengayishiga, shuningdek, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashni amalga oshirish hamda xodimlarni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi, deb hisoblaydilar.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining deputatlari Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalarida jahon iqtisodiyotida murakkab jarayonlar va salbiy tendensiyalar davom etayotgan sharoitda mamlakatimiz barqaror iqtisodiy o‘sishining muhim omili sifatida ichki talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish nazarda tutilayotganligini ta’kidladilar.

Fraksiya a’zolari 2016-yilgi Davlat byudjeti loyihasida madaniyat muassasalarini ta’minlash va sport tadbirlarini o‘tkazish uchun ajratilgan xarajatlar hajmini joriy yilga nisbatan 1,16 baravar oshirish nazarda tutilganligini qayd etdilar. Respublikaning tarixiy-me’moriy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini ehtiyotlab saqlashni ta’minlash, shuningdek, yanada targ‘ib qilish maqsadida, mamlakatimizdagi madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida konservatsiyalash va restavratsiya qilish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 22 milliard so‘m mablag‘ ajratish taklif etilmoqda. Bu xalqimizning tarixiy, madaniy va intellektual merosini ehtiyotlab saqlash imkonini beradi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining a’zolari ijtimoiy sohaga ajratilgan Davlat byudjeti mablag‘larining ulushi oshirilishiga alohida e’tibor qaratdilar.

Xususan, agar Davlat byudjetining umumiy xarajatlarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan xarajatlar 2000-yilda 42,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yildagi 58,7 foizdan 2016-yilda 59,2 foizga oshirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, kam ta’minlangan va moddiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga va bolali oilalarga beriladigan nafaqalar uchun ajratilgan xarajatlar 2008-yilda 639 milliard so‘m bo‘lgani holda, 2016-yilda qariyb 2,1 trillion so‘mdan ortiq miqdorga yetdi. Mazkur choralar inson manfaatlari himoyasiga yo‘naltirilgan chuqur o‘ylab, mulohaza qilingan ijtimoiy siyosatning natijasidir.

Shu bilan birga, Davlat byudjetining daromadlari tushumi, ulardan samarali foydalanish, ayniqsa, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘lari ustidan parlament nazoratini kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirdilar.

“Adolat” SDP fraksiyasining a’zolari mamlakatimizning ilmiy-texnik salohiyatini to‘liq ishga solish imkonini beruvchi innovatsion iqtisodiyotning yaratilishini muhim vazifa deb hisoblaydilar. Shu bilan birga, fraksiya iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash tadbirlariga katta e’tibor bermoqda.

Fraksiya a’zolarining fikricha, mamlakatimiz iqtisodiyoti fan va texnikaning eng ilg‘or yutuqlariga, iqtisodiy jarayonlarni samarali boshqarishga va xalq ta’limi tizimiga tayanishi lozim. Bu borada 2016yilgi Davlat byudjeti loyihasida fan sohasiga ajratilgan xarajatlar joriy yilga nisbatan 1,36 baravar oshirilgan, bu esa o‘z navbatida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fanni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hamda tadbirlarini davom ettirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining a’zolari aholini ichimlik suvi, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashni, suv resurslaridan oqilona foydalanishni, shuningdek, aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhimligini qayd etdilar. Muhokama chog‘ida Ekoharakatdan saylangan deputatlar guruhi atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal qilish uchun ajratilayotgan Davlat byudjeti mablag‘laridan maqsadli, samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligi haqida takliflar bildirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokama chog‘ida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi hamda tegishli qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi Axborot xizmati