Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DEPUTATLAR OAV VA JURNALISTLARNING JAMOAT NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDAGI ROLINI OSHIRISH MASALALARINI KO’RIB CHIQISHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DEPUTATLAR OAV VA JURNALISTLARNING JAMOAT NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDAGI ROLINI OSHIRISH MASALALARINI KO'RIB CHIQISHDI

Ma’lumki mustaqillik yillarida axborot sohasini demokratlashtirish va liberallashtirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, o’tgan davrda sohaga oid 10 dan ortiq qonunlar qabul qilinib, amaliyotga samarali tadbiq etib kelinmoqda.

Ushbu masal yuzasidan 2017 yil 22 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida"Harakatlar strategiyasini amalga oshirish: Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga solishga oid qonunchilikni takomillashtirish" mavzuida seminar o’tkazildi. Seminar Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya masalalari qo’mitasi tomonidan tashkil etilib, tadbirda ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, axborot sohasi bo’yicha olimlar va mutaxassislar ishtirok etishdi.

O’tkazilgan tadbirning asosiy maqsadi 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilangan "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to’g’risida"gi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’grisida"gi va "Ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’grisida"gi Qonun loyihalarini hamda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlar haqida jamoatchilikni tezkor va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash jarayonida milliy ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.

Ta’kidlash joizki, dasturga muvofiq, ushbu qonun loyihalarining qabul qilinishi ommaviy axborot vositalari faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning aniq mexanizmlarini belgilashda shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning jamoat nazoratini amalga oshirishdagi rolini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminarda ommaviy axborot vositalari rolini oshirish, jurnalistik faoliyatni himoya qilish masalalari 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish jarayoni ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanganligi alohida qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilariga ekspert guruhlari tomonidan tayyorlangan ushbu qonun loyihalari taqdim etilib, ularning keng muhokamasidan o’tkazildi.

Seminarda tayyorlangan hujjatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim takliflar va tavsiyalar bildirildi va tegishli qaror qabul qilindi.

UzReport