DEPUTATLAR VA JAMIYAT O’RTASIDAGI KONSTRUKTIV HAMKORLIK
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Parlament faoliyatida “axborot almashish” mexanizmining samarali usullarini tadbiq etish” mavzusida “davra suhbati” tashkil etildi.
Keng jamoatchilik e’tiborida bo’lib o’tgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, olimlar, malakali mutaxassislar, mass-media sohasi xodimlari, fuqarollik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Qayd etish lozimki, ekspertlar va keng jamoatchilik bilan faol “axborot almashish” mexanizmining o’rnatilishi parlament faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Joriy yil 23 yanvarda bo’lib o’tgan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham bunga alohida to’xtalib “Qonunlar qabul qilinishi bilan hayotimizda nima o’zgardi, ular taraqqiyotga, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sud-huquq islohotlarining borishiga qanday ta’sir ko’rsatdi, degan savollarga kamdan-kam e’tibor beramiz. Masalan, biz qonunchilikni erkinlashtirish haqida ko’p gapiramiz. Shu bilan birga, odamlar o’z hayotida bunday erkinlashtirish jarayonini qanday his etayotganiga, bu haqda jurnalistlar, sharhlovchilar nimalarni gapirayotganiga qarab, bu ishlarning natijasiga eng aniq baho berish mumkin. Ayni vaqtda shuni ham tan olishimiz kerakki, qabul qilinayotgan qonunlar odamlar hayotiga, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga qanday ta’sir ko’rsatayotgani haqida joylardan kelib turadigan, parlamentga o’z faoliyatini yanada takomillashtirish imkonini beradigan axborot almashish mexanizmi deyarli ishlamayapti” deya ushbu masalaning muhimligi ta’kidlab o’tgan edilar.
Shundan kelib chiqib, bo’lib o’tgan “davra suhbati” Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mamlakat Prezidenti tomonidan ko’rsatib o’tilgan vazifalarini amalga tadbiq etish, “axborot almashish” mexanizmi orqali deputatlik korpuslarining faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi kopmleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga bag’ishlangan tadbirlarning navbatdagisi bo’ldi. Ta’kidlash joizki, davra suhbati tashkil etilgunga qadar deputatlar va axborot sohasining yetakchi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan tahliliy va tashkiliy ishlar olib borildi. Ayniqsa, bu boradagi xalqaro tajriba, xususan, Janubiy Korea, AQSh, Belgiya, Niderlandiya, Avstriya va boshqa bir qator mamlakatlarning jamoatchilik bilan “axborot almashish”dagi zamonaviy usullari o’rganildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar parlamentning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amalga keng tadbiq etishi parlament va jamoatchilik o’rtasidagi o’zaro aloqalarning ko’lami va samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganligini ta’kidlab o’tdilar. Xususan, bugungi kunda fuqarolar Qonunchilik palatasining rasmiy saytidagi tegishli xizmatdan foydalangan holda parlament deputatlariga murojaat etishlari mumkin. Shuningdek, Qonunchilik palatasining Internet global tarmog’idagi rasmiy saytida foydalanuvchilar uchun qonun loyihalarini muhokama qilish, taklif va tavsiyalar bildirish va uning jamlanmasi bilan tanishish imkoniyatining yaratilganiligi istiqbolli amaliyot sifatida alohida e’tirof etildi.
Muhokamalar davomida mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarni amaliyotda qo’llash borasida mutaxassislar va jamoatchilik fikri bilan tanishish maqsadida “axborot almashish” mexanizmini takomillashtirishga oid bir qator tavsiyalar bildirib o’tildi. Jumladan “axborot almashish” mexanizmini takomillashtirishda qonun loyihalarini muhokama qilish, qonun hujjatlarining amalda tadbiq etilishi holatini baholash, nazorat-tahil faoliyatini amalga oshirish kabi bir qator yo’nalishlar bo’yicha takliflar bildirildi.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan parlament va jamoatchilik o’rtasida “axborot almashish” mexanizmining muhim sub’yekti sifatida ommaviy axborot vositalarining o’rni muhim ekanligiga alohida e’tibor berildi. Ularning parlament faoliyati bilan jamoatchilikni keng tanishtirib borish va o’z o’rnida parlamentni aniq masalalarning holati bo’yicha jamoatchilik fikridan xabardor qilish, mamlakatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlab parlamentda uyushtirilayotgan muhokamalar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi o’rnini oshirish zarurligi bildirildi.
Davra suhbati yakuni bo’yicha to’plangan ilmiy-amaliy hujjatlar Qonunchilik palatasi faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilgan qonunlarga ta’sir qiluvchi “axborot almashish”ning tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.