Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DEVID GEYERTS: «O’ZBEKISTONDA ERISHILGAN MUVAFFAQIYATLAR TANLANGAN TARAQQIYOT YO’LINING TO’G’RILIGIDAN DALOLAT BERADI»

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DEVID GEYERTS: «O'ZBEKISTONDA ERISHILGAN MUVAFFAQIYATLAR TANLANGAN TARAQQIYOT YO'LINING TO'G'RILIGIDAN DALOLAT BERADI»

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida “Jahon” axborot agentligining muxbiri Bryusselda Belgiya parlamenti deputati Devid Geyerts bilan muloqotda bo’ldi.

U joriy yilning bahorida davlat rahbari saylovida xorijlik kuzatuvchi sifatida mamlakatimizda bo’lgan edi.

Suhbat chog’ida Belgiya parlamenti deputati yaqinlashib kelayotgan qutlug’ ayyom bilan yurtdoshlarimizni tabriklar ekan, respublikamiz suveren rivojlanish yillari davomida qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlari haqidagi o’z fikrlarini o’rtoqlashdi.

— Men O’zbekistonni yaxshi bilaman, - dedi u. - Mamlakatingizga safarim chog’ida o’suvchan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning guvohi bo’lgan edim. U O’zbekiston shahar va qishloqlarining zamonaviy qiyofasida ham yaqqol o’z aksini topgan.

Siyosiy islohotlarning bosqichma-bosqich o’tkazilishi natijasida mamlakatda bugungi kunda qonunchilik hokimiyatining vakolatlari mustahkamlandi, fuqarolik institutlari faol rivojlanmoqda, ularning respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni oshmoqda. Bularning barchasi tanlab olingan rivojlanish yo’lining to’g’ri ekanligidan dalolat beradi.

Nafaqat parlament a’zosi, balki Xeyst-op-den-Berg shahri merining o’rinbosari sifatida ham mamlakatingizning fuqarolar o’zini o’zi boshqarish institutlarini rivojlantirish tajribasidan, xususan, “mahalla” organi faoliyatidan katta taassurotlar orttirganman. Menimcha, bu zamonaviy demokratiyaning noyob namunalaridan biridir. Milliy urf-odatlar va an’analarni asrash va ularni rivojlantirish, kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar va nogironlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish, shuningdek, o’z biznesini boshlayotgan tadbirkorlarga ko’mak ko’rsatilishida mahalla instituti tutayotgan o’rin diqqatga sazovordir.

Davom etayotgan iqtisodiy inqiroz asoratlari Yevropa mamlakatlarida o’z ta’sirini hamon ko’rsatib turgan bir paytda O’zbekistonda erishilgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyot o’sishi yuqori sur’atlarining izchilligi ta’minlanayotgani tanlangan iqtisodiy modelning to’g’riligidan dalolat beradi. Respublikada jozibali sarmoyaviy muhitni yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hamda yalpi ichki mahsulotning yillik o’sishi o’rtacha 7-8 foiz bo’lishini saqlab qolishga ko’maklashmoqda, deb hisoblayman.

O’zbekistonda keksa avlod vakillariga alohida hurmat va g’amxo’rlik ko’rsatilayotgani ham odamning diqqatini tortadi. Bu nafaqat madaniy an’analarda, balki davlatning bugungi tashabbuslarida ham yaqqol namoyon bo’lmoqda. Qabul qilingan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi bu fikrni tasdiqlaydi. Ushbu dastur ijtimoiy, nafaqa va tibbiy xizmatlarni takomillashtirish vositasida keksa avlod vakillarining turmush darajasini yanada oshirishni ko’zda tutgan.

Men O’zbekistonda ta’lim sohasini, ijodiy va ijtimoiy jihatdan faol hamda yuqori kasb madaniyatiga ega bo’lgan yosh kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ko’rsatilayotgan katta e’tibor va sa’y-harakatlarning ham guvohi bo’ldim. Buning natijasida maktab va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi yaxshilandi. Ular endi bu sohadagi eng yuqori zamonaviy talablarga javob bermoqda.

Ta’limga yo’naltirilgan sarmoya kelajak uchun qo’yilgan eng samarali sarmoya hisoblanadi. Negaki ta’limning darajasi va sifati har qanday davlatning rivojlanish istiqbollarini va taraqqiyotini belgilab beradi.

O’zbekistonga safarim doirasida men ko’pgina yosh tadbirkorlarni ko’rdim. Shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, davlatning ta’lim sohasiga qaratgan e’tibori va sa’y-harakatlari hozirning o’zidayoq ijobiy samaralarini bermoqda.

Suhbatimiz so’nggida mamlakatingizga taraqqiyot va farovonlik yo’lida yangidan-yangi mukvaffaqiyatlar tilashni istar edim. Bunday yondoshuv mavjud ekan, kelgusi yilda mamlakatingiz Mustaqillikning 25 yillik bayramini yanada katta zafarlar bilan qarshilashiga ishonchim komil.

“Jahon” AA, Bryussel