DEVIS KUBOGI: O’ZBEKISTON AQSH BILAN O’YNAYDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yilning 18-20 -sentabr kunlari poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortida Devis Kubogi doirasida O’zbekiston va AQSh terma jamoalari o’rtasidagi uchrashuv bo’lib o’tadi, deb xabar beradi O’zbekiston Tennis federatsiyasi.
Mazkur uchrashuv O’zbekiston terma jamoasi uchun jamoaviy bahslardagi jahon chempionatining oliy ligasiga chiqish uchun sakkizinchi urinish bo’ladi. O’zbekiston terma jamoasi tarkibida o’zgarishlar kuzatilmadi. Tarkibni Denis Istomin boshqarib boradi. Yosh tennischilarimizdan 20 yoshli Temur Ismoilov va 21 yoshli Sanjar Fayziyev kortga chiqishga tayyorgarlik ko’rmoqda.
Devis kubogining jahon ligasi birinchi bosqichida Buyuk Britaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan AQSh terma jamoasi jahon tennisi oliy ligasida o’z mavqeyini saqlab qolish uchun kurash olib boradi.
“Jahon” AA