“DIARIOYA”: «O’ZBEKISTON - BUYUK IPAK YO’LINING ENG MUHIM MAMLAKATI»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ispaniyaning ommabop elektron gazetalaridan biri - «Diarioya” sahifasida jurnalist Daniel Ponse - Alegrening Buyuk Ipak yo’li taraqqiyotida O’zbekiston o’rni mavzusiga bag’ishlangan maqola e’lon qilindi.
Unda muallif minglab yillar davomida Sharq va G’arb o’rtasidagi savdo va madaniyatlararo aloqalarning kengayishida mamlakatimiz qo’shgan hissa haqida to’xtalar ekan, yangi tarixiy sharoitlarda ushbu transkontinental yo’lning qayta tiklanishida O’zbekiston juda muhim o’rin tutayotganini qayd etadi.
“Tarixan Buyuk Ipak yo’li bo’ylab sayohat qilgan tijoratchilar, diplomatlar, missionerlar va monaxlar uchun O’zbekiston shaharlari muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Yozma manbaalar, Marko Polo kundaliklari, Buyuk Amir Temur, Eron, Konstantinopol yoki Mixail VIII saroylaridagi diplomatik hujjatlar buni tasdiqlaydi.
Buyuk Ipak yo’lining markazida joylashgan O’zbekiston shaharlari yo’lning muhim shaharlari o’rtasidagi savdo va madaniy aloqalarning gullab-yashnashiga ulkan hissa qo’shgan”, deb yozadi “Diarioya”.
Daniel Ponse - Alegre ushbu tarixiy yo’l yoqasida joylashgan tarixiy shaharlarimiz bag’ridagi me’moriy osori- atiqalarni zavq bilan ta’riflaydi. “Mahobatli yodgorliklar va osmon rang qubbalar O’zbekiston mo’jizakor shaharlari ko’rinishining bir qismidir. Ularni ko’hna Xorazmdagi “Ichon Qal’a”dan tortib poytaxt shahar Toshkentdagi tarixiy yodgorliklarda ham ko’rasiz. Mazkur shaharlar o’rtasida Buyuk Ipak yo’lining yuragi - afsonaviy Samarqand joylashgan. Buyuk Amir Temur tarixdagi eng yirik imperiyalardan biri bo’lgan o’z saltanatini shu shahardan turib boshqargan” deb yozadi muallif.
“Jahon” AA, Madrid