DILLARDA VATAN MADHI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Istiqlol” san’at saroyida “Dillarda Vatan madhi!” deb nomlangan xayriya konserti bo‘lib o‘tdi.
Vatanimizning kundan-kun chiroy ochib, xalqaro miqyosda obro‘-e’tibori yuksalib borayotgani, turli sohalarda ulkan marralarga erishilayotgani, xalqimizning turmush darajasi va hayotga bo‘lgan qarashlari o‘zgarayotgani – barcha-barchasi avvalo yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, osmonimiz musaffoligidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, o‘z xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar vazirligi xodimlarining oila a’zolari, faxriylar ishtirok etdi.
Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ichki ishlar tizimini isloh qilish, jumladan, ichki ishlar xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy-maishiy, yashash va xizmatni o‘tash sharoitlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
– Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi ashula va raqs ansambli muntazam ravishda xayriya konsertlari o‘tkazib kelmoqda, – deydi mazkur saroy boshlig‘i Uchqun Tillayev. – Joriy yilning aprel-may oylarida kam ta’minlangan, xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oilalariga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi, ular uchun xayriya konsertlari namoyish etildi.
Konsertda Vatan, istiqlol, tinchlik-osoyishtalik va farovon hayotimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.