Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Dilshod Axatov Irlandiya Hukumatining maxsus vakili bilan uchrashdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Dilshod Axatov Irlandiya Hukumatining maxsus vakili bilan uchrashdi

2019-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov BMT Xavfsizlik Kengashining Muvaqqat a’zoligiga Irlandiyani saylash uchun mamlakat nomzodini ilgari surish bo‘yicha Hukumatning maxsus vakili Devid Dnohyu bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

Suhbat davomida ikki tomon kun tartibi hamda mamlakatlarimizning xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligiga doir keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Irlandiyaning dolzarb xalqaro muammolarning aksariyati bo‘yicha o‘xshash mavqega egaligi hamda tomonlarning fikricha, bu o‘xshashlik o‘zaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda munosabatlarni jadallashtirish uchun yaxshi asos ekanligi ta’kidlandi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Irlandiya hamkorligini faollashtirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi. Xususan, muntazam vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishning muhimligi qayd etildi. Mazkur tadbirlar ikki tomon aloqalarining holatini tahlil qilish va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilash, asosiy xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish imkonini beradi.

“O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikning istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Muzokalar doirasida Irlandiya tomoni kelasi yil bahorida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro investitsiya forumiga, joriy yilning avgust oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga hamda sentabr oyida Qo‘qon shahri mezbonlik qiladigan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga taklif qilindi.

UzA