DMITRIY SHOKIN - YANA BIR OLTIN MEDAL SOHIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida taekvondo (WTF) bo’yicha o’tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Dmitriy Shokin oltin medalni qo’lga kiritdi.
Xalqaro turnirda reytingda eng ko’p ochko jamg’argan 8 taekvondochi bilan birgalikda mezbon sportchilar ham bahslashdi.
87 kilogrammdan og’ir bo’lgan taekvondochilar o’rtasida amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin chorak finalda braziliyalik Migel Soaresni 3:0, yarim finalda eronlik Omid Amidiyni 5:0 hisobida yengib, finalga yo’l oldi. Finalda D.Shokin AQSh vakili Jonatan Xeli ustidan 4:3 hisobida g’alaba qozondi.