Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DO‘STLIK VA HAMKORLIK TARANNUMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DO‘STLIK VA HAMKORLIK TARANNUMI

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 23-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkent sammiti ishtirokchilari uchun konsert namoyish qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti uchun bunday tadbirlarning o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

Soat 18.00. Zalga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Mo‘g‘uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov kirib keladilar.

Yig‘ilganlar oliy martabali mehmonlarni gulduros qarsaklar bilan kutib oladilar.

ShHT Davlat rahbarlari kengashining yubiley sammiti konsert bilan boshlanganida chuqur ramziy ma’no mujassam. Zero, madaniyat va san’at xalqlarning o‘zaro yaqinlashuvi va bir-birini anglashi uchun o‘ziga xos vositadir, binobarin, musiqa chegara va masofa bilmaydi. Shu bois “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida do‘stlik va hamkorlik muhiti hukm surdi.

Oliy martabali mehmonlar e’tiboriga o‘zbek xalqining milliy ashula va raqslari, shuningdek, jahon opera san’atining eng sara asarlaridan namunalar havola etildi.

O‘zbekiston san’at ustalarining chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi. O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva ijrosidagi “Ul kim jonon” ashulasi tinglovchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. “O‘zbekiston” va “Navro‘z” raqs ansambllari ijrosidagi “Raqslar guldastasi” xoreografik kompozitsiyasi o‘zbek raqs maktabining butun ko‘rku jozibasini namoyon etdi.

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali g‘olibi Nodira Pirmatova “Ey dilbari jononim” ashulasini YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan katta ashula uslubida ijro etdi.

O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri P.Chaykovskiyning “Evgeniy Onegin” operasidan lavha ijro etdi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri xonandalari Sh.Gunoning “Romeo va Juletta” operasidan Juletta valsini kuyladi.

O‘zbekiston xalq artisti Normo‘min Sultonov va «Nihol» mukofoti laureati Ma’suma Boltaboyeva «Mening jonajon Xitoyim», O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova «Qadrdonlarim» ashulalarini xitoy tilida ijro etdi. Qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, qoraqalpoq xalqlarining ashula va raqslari ham ijro etildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov «Menga bergil kuylarni», xalqaro tanlovlar laureati Milena Matmusayeva «Sevgi sadosi» deb nomlangan mashhur rus ashulalarini kuyladi. Konsert dasturi ShHTga a’zo davlatlarning boy madaniyati bilan yanada yaqindan tanishish imkoniyatini berdi.

Ijro etilgan har bir kuy-qo‘shiqda insonga mehr-muhabbat, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga ehtirom yuksak pardalarda tarannum etildi. Konsert nihoyasida “Jon O‘zbekiston” kompozitsiyasi yangradi.

www.mfa.uz