DO‘STLIK VA SAN’AT KECHASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi “Istiqlol” san’at saroyida hindistonlik san’atkorlar ishtirokida “Bollywood night” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi va “Sapphire Tashkent International” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar va boshqalar o‘zbek va hind xalqlari aloqalari ko‘p asrlik tarixga ega ekani, o‘zaro hamkorlik, jumladan, madaniy aloqalar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Madaniyat sohasida 2015-2017-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi bu borada muhim asos bo‘lmoqda. O‘zbekiston va Hindiston ijodkorlari ikki mamlakatda o‘tayotgan turli madaniy anjumanlar, festival va ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, hindistonlik xonanda va sozandalar har ikki yilda Samarqandda o‘tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining doimiy qatnashchisidir.
Yurtimizda hind kinosi, diltortar kuy-qo‘shiqlari kirib bormagan xonadon yo‘q. Hindistonda esa o‘zbek adabiyoti va san’ati, ma’naviy merosi yuksak qadrlanadi.
– O‘zbekiston xalqining samimiy mehr-muhabbati uchun cheksiz minnatdormiz, – dedi taniqli aktyor Rishi Kapur. – Xalqingizning hind kino san’ati namoyondalari ijodiga ko‘rsatayotgan cheksiz hurmat-ehtiromidan juda baxtiyormiz. Biz o‘zbek milliy qo‘shiqlari, mumtoz kuylarini maroq bilan tinglaymiz. Mamlakatingizda san’atni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tahsinga sazovor.
Kechada hindistonlik san’atkorlar ishtirokida milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, rang-barang raqslar ijro etildi.