Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DO’STONA ALOQALARNI MUSTAHKAMLASH YO’LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DO'STONA ALOQALARNI MUSTAHKAMLASH YO'LIDA

Ma’lumki, bugungi dunyo qurilishining oddiy bo’lmagan voqeliklarini hisobga olgan holda O’zbekiston yaqin qo’shnilari bilan munosabatda do’stona, ochiq va pragmatik siyosat olib borishni eng muhim ustuvorlik sifatida belgilagan. Mamlakatimiz o’zining bu tashqi siyosiy yo’liga qat’iy amal qilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari tufayli qo’shni mamlakatlar bilan aloqalar yangi tus va mazmun-mohiyat kasb etdi. Barcha darajalardagi o’zaro hamkorlikning faollashuvi, eng avvalo, to’planib qolgan ikki tomonlama va umummintaqaviy ahamiyatga molik masalalarni hal etishga, umuman olganda, Markaziy Osiyo farovonligi hamda uning barqaror rivojlanishiga ko’maklashmoqda.

Shuni qayd etish kerakki, O’zbekistonda Afg’oniston Islom Respublikasi bilan ham o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda. Xalqlarimiz o’rtasidagi do’stona aloqalarni mustahkamlashga bo’lgan samimiy intilish Kobulda ham o’zining aks-sadolarini bermoqda. Joriy yil 4 - 6 dekabr kunlari Afg’oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G’anining mamlakatimizga buyurajak rasmiy tashrifi bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

O’zbekiston va Afg’onistonni ko’p asrlik tarixi, madaniyati, an’analari va ma’naviy qadriyatlari mushtarakligiga asoslangan yaqin do’stlik va yaxshi qo’shnichilik rishtalari bog’lab turadi. Afg’oniston uchun murakkab bo’lgan davrlarda malakatimiz janubdagi o’z qo’shnisining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklanishiga salmoqli hissa qo’shdi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko’p aziyat chekkan bu mamlakatda tinch hayotni qayta tiklash bo’yicha afg’on xalqining hamda xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini qat’iy qo’llab-quvvatlamoqda. Xususan, davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqida Afg’onistonda tinchlikka erishishning yagona yo’li - markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o’rtasida oldindan hyech qanday shart qo’ymasdan, to’g’ridan-to’g’ri muloqot olib borish, muzokaralar afg’onistonliklarning o’zlari hal qiluvchi o’rin tutadigan holda Afg’oniston hududida va BMT shafeligida o’tishi lozimligini bayon etdi.

Shuni qayd etish lozimki, O’zbekistonning bu nuqtai nazari xalqaro hamjamiyatda afg’on zaminida tinchlik o’rnatish uchun to’g’ri va mumkin bo’lgan yagona yo’l sifatida baholanmoqda.

Shu o’rinda joriy yil oktyabr oyida O’zbekiston va Afg’oniston o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilgan kunga roppa-rosa 25 yil to’lgani nishonlanganini ham yodga olish o’rinli bo’ladi. Bugungi kunda O’zbekiston ushbu qo’shni mamlakat bilan ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarishga intilmoqda. Yaqinda O’zbekiston Prezidentining Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili lavozimi ta’sis etilgani shundan dalolat beradi. Shavkat Mirziyoyev tashabbuskorligida bu mamlakat bilan ko’p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha “yo’l xaritasi” tasdiqlandi.

O’zbekiston Afg’oniston Islom Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qayta tiklanishiga ko’maklashish, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirish, bu mamlakat uchun milliy kadrlar tayyorlash, qo’shma ishlab chiqarishlarni tashkil qilish yo’lini davom ettirishga sodiq bo’lib qolmoqda. O’zbekiston-Afg’oniston hukumatlararo va idoralararo bitimlari, shu jumladan, “Savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risida”, “Xalqaro transport yo’nalishlari to’g’risida”, “Tranzit va transport sohasida hamkorlik to’g’risida”gi hujjatlar bu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarga mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatlarimiz o’rtasidagi o’zaro hamkorlikka mutlaqo yangi sifat bag’ishlash maqsadida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi 2017-yil 23 – 24-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Afg’onistonda bo’ldi. Afg’oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G’ani o’zbek delegatsiyasi tashrifiga hamda muzokaralarga alohida e’tibor qaratdi - hukumat a’zolari ishtirokidagi kengaytirilgan majlisga shaxsan uning o’zi raislik qildi. Majlis yakunlari bo’yicha qator ikki tomonlama hujjatlar, shu jumladan, 2017-yilda keng qamrovli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha “yo’l xaritasi” imzolandi.

Yaqinda “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig’i ostida respublikamiz mahsulotlarining doimiy faoliyat yuritadigan ko’rgazmasini o’z ichiga olgan O’zbekiston savdo uylari Kobul va Mozori Sharifda ochilgani, qo’shni mamlakatga oziq-ovqat, dori-darmon, elektr uskunalar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar yetkazib berilayotgani, Surxondaryo viloyatida o’zaro savdo-sotiq uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan Termiz-Kargo eksport-import xabining tashkil qilingani Afg’oniston iqtisodiyotining tiklanishi yo’lidagi muhim qadam bo’ldi.

Mamlakatimiz kompaniyalari ishtirokida qurilgan elektr o’tkazish liniyasi orqali qo’shni davlatga elektr energiyasi yetkazib berilayotgani O’zbekistonning salmoqli yordami hisoblanadi. 2010-yil noyabrida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ 75 kilometrdan iborat Afg’onistondagi birinchi “Xayraton - Mozori Sharif” temir yo’li qurilishini nihoyasiga yetkazdi. Shu o’rinda qayd etish zarurki, Afg’oniston Islom Respublikasi hududidan o’tadigan yo’nalishlarning “Ipak yo’li iqtisodiy belbog’i”ga kirishi mamlakatning transmintaqaviy transport-kommunikatsiya loyihalariga hamda mintaqaviy aloqalarga integratsiyalashuvini ta’minlaydi.

Joriy yil 29-noyabr kuni Afg’oniston Prezidentining infratuzilmalar, kadr resurslari va texnologiyalar bo’yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy boshchiligidagi afg’on delegatsiyasining Toshkentga kelgani, shubhasiz, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga yangi turtki berdi. O’sha kunning o’zida Afg’oniston poytaxti Kobul shahridan O’zbekiston poytaxtiga ilk bor to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnov amalga oshirildi. Aviaqatnovning yo’lga qo’yilishi xalqlarimiz va ishbilarmon doiralarning yanada yaqinlashuviga xizmat qiladi.

Muxtasar qilib aytganda, chorak asr mobaynida mamlakatimiz qardoshlik qo’lini uzatgani holda Afg’oniston bilan hamkorlikning amaliy modelini shakllantirdi. Bu esa keyingi paytlarda qurilayotgan mutlaqo yangi munosabatlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

“Jahon” AA