Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Doha forumi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha Termiz muloqotiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tadi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Doha forumi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha Termiz muloqotiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tadi

2025-yil 7-dekabrda har yili o‘tkaziladigan Doha forumida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotiga bag‘ishlangan alohida sessiya bo‘lib o‘tadi. Ushbu sessiya "Mintaqaviy bog’li qlik orqali Afg‘onistonni qayta tiklash: Termiz muloqoti" shiori ostida o’tkaziladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Qatardagi Jorjtaun universiteti filialining Xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
2025-yil may oyida Termiz shahrida boshlangan Termiz muloqoti O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 2022-yil 11-iyuldagi maxsus rezolyutsiyasi bilan qo‘llab-quvvatlangan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash tashabbusini amaliy ilgari surish uchun doimiy platformadir.
Bugun chuqur geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni qayta tiklash zaruratga aylanmoqda. O‘zaro bog‘liqlik, hamkorlik, muloqot va ishonch strategik muhim makromintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashning muhim shartidir.
Afgʻoniston bu jarayonlarda alohida oʻrin tutadi. Geografik joylashuvi tufayli mamlakat ikki mintaqa oʻrtasida tabiiy koʻprik vazifasini bajaradi. Pragmatik hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va Afgʻonistonning mintaqalararo jarayonlarda ishtiroki Markaziy va Janubiy Osiyoda uzoq muddatli barqarorlik va tinch rivojlanishni taʼminlashda hal qiluvchi omillar sifatida qaraladi.
Ayni shu masalalar bo’lajak sessiya kun tartibining markazida bo’ladi. Ishtirokchilar Afg’onistonning transmintaqaviy aloqani ta’minlashdagi rolini, shuningdek, kengroq mintaqaviy kontekstda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha amaliy qadamlarni muhokama qiladilar.
Sessiyani Qatardagi Jorjtaun universitetining Xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar markazi direktori Zahra Babar olib boradi.
Muhokamada quyidagilar ishtirok etadi:
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev;
– SMTI direktori Eldor Aripov;
– Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Abdul Hay Qanit;
– Qatar tashqi ishlar vazirining maxsus vakili Faysal Abdullah Al-Hanzab;
– Qatardagi Jorjtaun universiteti tarix professori Valid Ziad.
Eslatib o’tamiz, Doha forumi 2002-yildan beri Qatar hukumati ko’magida o’tkazib kelinmoqda va dolzarb global muammolarni muhokama qilish uchun hurmatli platforma hisoblanadi. 2025-yilda forum "Adolat amalda: va’dalardan taraqqiyot sari" mavzusida bo‘lib o‘tadi.
Unda AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaqin Sharq, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Yaponiya va Koreyaning yetakchi tahlil markazlari rahbariyati va mutaxassislari, jami 150 ga yaqin davlatdan 8 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

“Dunyo” AA