DOIMIY GURUHNING PEKIN SHAHRIDAGI MAJLISI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 5-6-aprel kunlari Pekin shahrida ShHTga a’zo davlatlarning ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Doimiy guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Majlis davomida ShHT doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari va tashkilotning bo‘lajak tadbirlarida imzolanishi ko‘zda tutilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi. Xususan ShHTga a’zo davlatlarning savdo-iqtisodiy sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar Rejasini inventarizatsiya qilish va 2017-2021-yillarda tashkilot doirasida loyihaviy faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar Ro‘yxatini tayyorlashga oid masalalar muhokama qilindi.
Shunigdek Qirg‘izistonda ShHTga a’zo davlatlarning fan va texnologiya vazirliklari rahbarlari yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almashildi.