Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DOKTOR MUNTER SABARINI: “O’ZBEKISTONLIK SHERIKLAR BILAN HAMKORLIK QILISH BIZ UCHUN KATTA SHARAFDIR”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DOKTOR MUNTER SABARINI: “O'ZBEKISTONLIK SHERIKLAR BILAN HAMKORLIK QILISH BIZ UCHUN KATTA SHARAFDIR”

Xorijiy ellarda istiqomat qiladigan mamlakatimiz do’stlari ham O’zbekiston Mustaqilligining 24 yillik bayrami munosabati bilan o’z qutlovlarini izhor etmoqdalar. Masalan, mamlakatimiz bo’ylab bir necha marotaba ijodiy safarda bo’lgan Germaniyaning “Berline-Blatt” elektron nashri bosh muharriri Folker Nif bugungi O’zbekiston haqidagi fikrlarini o’rtoqlashar ekan, quyidagilarni bayon etdi:

— Respublika hayotining barcha sohalarida izchil amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarga, mamlakat aholisi hayotida ro’y berayotgan salmoqli ijobiy o’zgarishlarga guvoh bo’lganman.

Meni jurnalist sifatida shu jihat ham juda quvontiradiki, mamlakatda o’zgarishlarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o’rnini kuchaytirishga, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali jurnalist kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu fikrni tasdiqlaydigan dalillardan biriga to’xtalsam. Agar 90-yillar o’rtalarida O’zbekistonda bir necha yuz gazeta va jurnal chop etilgan bo’lsa, bugungi kunda mamlakatda 1400 ommaviy axborot vositasi faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 60 foizdan ziyodi davlatga qarashli emas. Davriy matbuot nashrlari, radio va televideniye bilan birga mamlakat media maydonida elektron ommaviy axborot vositalari ishtirokining doirasi ham kengaymoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda O’zbekistonda 300 dan ziyod elektron OAV mavjud.

Shu o’rinda yana bir muhim omilni qayd etishni istar edim. Bu ommaviy axborot vositalarining muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishlari uchun keng huquqiy zaminning yaratilganidir. O’zbekiston OAV xalqaro tajriba va zamonamiz realliklarini hisobga olgan holda tobora takomillashib bormoqda.

Shubha yo’qki, axborot sohasi va texnologiyalarni izchil rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish mamlakatda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan muhim omillar sirasiga kiradi.

Ushbu qutlug’ ayyom kunlari barcha o’zbekistonliklarni, shu jumladan, jurnalist kasbdoshlarimni O’zbekiston Mustaqilligi bayrami bilan tabriklash menga katta mamnuniyat bag’ishlaydi. Shuning munosabati bilan, do’st va mehmondo’st o’zbek xalqiga tinchlik-xotirjamlik, baxtu iqbol va bundan ham yuksak farovonlik tilayman.

O’z navbatida, “Avicenna” Berlin tibbiyot markazining direktori, doktor Munter Sabarini o’zbek xalqining buyuk avlodlari jahon ilm-fani taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shganini qayd etar ekan, quyidagi fikrlarini aytdi:

— O’zbekiston haqida gap ketar ekan, mening ko’z oldimda nafaqat yosh, zamonaviy va shitob bilan rivojlanayotgan davlat, balki ko’p asrlik an’analarga, chuqur tarixiy ildizlar, ko’hna madaniyat va ulkan ma’naviy merosga ega bo’lgan mamlakat namoyon bo’ladi, - dedi doktor. - Sizning tabarruk zaminingiz buyuk olim va mutafakkirlar, faylasuf va yozuvchilarni tarbiyalagan. Ularning dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi ijodiy merosi bebaho ekanligi hammaga ayonki, o’sha ulkan meros bugungi kunga qadar butun insoniyatning tengsiz mulki bo’lib kelmoqda. Misol uchun buyuk olim, G’arb olamida Avitsenna nomi bilan mashhur bo’lgan Abu Ali Ibn Sinoni yodga olish kifoyadir. Tibbiyot muassasasmiz uning nomi bilan atalishidan biz faxrlanamiz.

Darhaqiqat, O’zbekiston o’zining mustaqil rivojlanish yillari davomida erishgan muvaffaqiyatlari katta e’tiborga sazovordir. Tarixan qisqa davr ichida barcha sohalarda, shu jumladan, sog’liqni saqlash jabhasida ham islohotlar olib borish va modernizatsiyalash bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

O’z-o’zidan ayonki, bugungi kunda tibbiyotni zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu ma’noda, izchil tizimli o’zgarishlar vositasida O’zbekiston hukumati sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, eng yangi texnologiyalardan foydalanish hamda tibbiyot muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratayotgani juda quvonarli holdir.

Biz respublikangizning bu sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasini o’rganishga bo’lgan sodiqligini tabriklaymiz. O’zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik qilish biz uchun katta sharafdir.

Mamlakatingiz xalqini ulug’ milliy bayrami bilan chin dildan tabriklayman. O’zbekistonga bundan ham katta muvaffaqiyatlar yor bo’lsin.

“Jahon” AA, Berlin