Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Dolzarb masalaga bag‘ishlandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Dolzarb masalaga bag‘ishlandi

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, Ichki ishlar, Xalq ta’limi, Moliya vazirliklari, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi mutaxassislari, shahar va tuman hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari a’zolari, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari ishtirokida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, bepul va majburiy ta’limning ahamiyati, o‘quvchilar davomati, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining 36 foizini voyaga yetmagan yoshlar tashkil etadi. Hududdagi 708 umumta’lim maktabi, 103 akademik litsey va kasb-hunar kollejida yosh avlodning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

O‘tgan o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 27 mingdan ortiq o‘quvchi ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olindi. Kasb-hunar kollejlarini bitirgan 25 mingga yaqin yosh mutaxassisning 21 mingdan ziyodi korxona, tashkilot va muassasalarga ishga joylashtirildi. Ming nafarga yaqini oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqda. Ma’lum qismi mamlakatimizda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan foydalanib, turli yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Yoshlarning ta’lim-tarbiyasida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhim omil sanaladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan 6 mingdan ziyod turli yo‘nalishdagi to‘garaklar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, sport seksiyalarida 79 mingdan ortiq yosh sport bilan muntazam shug‘ullanayotir.

Seminarda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining darsga qatnashishini to‘liq ta’minlash borasida o‘qituvchilar bilan birga ota-onalarning ham mas’uliyatini oshirish masalasi muhokama etildi.

– Mahalla faollari va huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida olib borilayotgan tadbirlar o‘z samarasini bermoqda, – deydi To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Xadicha Ibodullayeva. – Davomat past bo‘lgan kollejlarda o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazilib, darsga qatnashish ko‘rsatkichi yaxshilanishiga erishildi.

www.uza.uz