DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida 2016-yil 17-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilar missiyasi a’zolari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqargan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. 3-Buxoro, 6-Namangan, 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyalari raislarining axboroti eshitildi.
Caylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazishda uchastka saylov komissiyalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimini yanada oshirish va ularning komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Shu yilning 20-30-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uchastka saylov komissiyalari a’zolari ishtirokida saylov uchastkalarini ovoz berishga tayyorlash, muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish, saylov kuni ovoz berishni tashkil qilish, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish va boshqa dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
Komissiya a’zolari saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining saylovchilarning yashash joyida ovoz berishi bilan bog‘liq ayrim qoidalarini bir xilda qo‘llashga taalluqli masalalarni ham ko‘rib chiqdi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov uchastkalarida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega.
Majlisda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti missiyalari kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
O’zA