Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DOLZARB VAZIFALAR BELGILANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DOLZARB VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonidan kelib chiqadigan muhim vazifalar muhokama etildi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi S.Otamuratov va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida aholining turmush farovonligini yuksaltirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlikni, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Joriy yilning yurtimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinganligi, mamlakatimizning barcha viloyatlari, tuman va shaharlarida Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlashga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga xizmat qiladi.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda siyosiy partiyalar, jumladan, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi, partiyaning barcha darajadagi tuzilmalari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

– Mazkur farmonda Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qat’iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etishga doir aniq vazifalar belgilangan, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov. – Shu bilan birga Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ham atroflicha o‘rganildi.

– Ushbu farmon yurtimizdagi faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasining faoliyatini tubdan takomillashtirishga xizmat qiladi, – deydi partiya a’zosi Nodir Muxtorov. – Bu hujjat keksa yoshdagi fuqarolarga g‘amxo‘rlik qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, keksa avlodning yurtimiz, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashdagi rolini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fraksiya a’zolari mazkur hujjat O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar, xususan, xalqimizning ma’naviyati rivoji va jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muruvvat, mehmondo‘stlik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat-ehtirom, bag‘rikenglik, yaxshilik va saxovatpeshalik kabi milliy qadriyatlarimiz targ‘ibоtiga asoslangan loyihalarni amalga oshirishda zarur dasturilamal ekanligini ta’kidladi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan partiya fraksiyasi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

O’zA