“DUNFAN DAILY” BMT MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARI BO’YICHA O’ZBEKISTON ERISHGAN YUTUQLAR HAQIDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Xitoyning “Dunfan Daily” gazetasi elektron portalida “O’zbekiston BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha ma’ruza qildi” sarlavhali maqola bosilib chiqdi.
Unda joriy yilning 30-aprelida mamlakatimiz vazirlik, diplomatiya korpusi, xalqaro tashkilotlar, ekspert va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha 2-milliy ma’ruzasi taqdimoti bo’lib o’tganligi ta’kidlanadi.
“Taqdim etilgan ma’ruza mamlakatimiz hukumati va BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan tayyorlangan bo’lib, u 2000-2013-yillarda yurtimizda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayoniga holis baho berishni oldimizga usutvor vazifa qilib qo’yadi. Mazkur ma’ruzada yuqoridagi maqsadlarga erishishning asosiy omillari ko’rsatib berilgan, shuningdek mamlakat oldida turgan dolzarb masalalar va vazifalar aks etgan”, - deya xabar beradi Xitoy nashri.
2000-yilda O’zbekiston Mingyillik deklaratsiyasini imzolagani haolda o’z oldiga 8 prinsipdan iborat mazkur maqsadlarga og’ishmay erishishni vazifa qilib qo’ydi.
“ Taqdimot chog’ida O’zbekiston hukumatining barqaror iqtisodiy o’shish, daromadlarning aholi o’rtasida adolatli taqsimlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati jamiyatda ijtimoiy totuvlik va ahllikni hukm surishiga xizmat qilmoqda, - deb yozadi Dunfan Daily. - 2001-2013-yillar davomida barqaror iqtisodiy o’sishga qaratilgan islohotlar natijasida O’zbekistonda kamta’minlanganlik darajasi deyarli ikki barobar - 27,5 foizdan 14,1 foizga kamaydi. Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko‘rsatkichi 0,39 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija belgilangan xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil o‘sib borayotganidan dalolat beradi”.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 90-yillar o’rtalarida boshlangan ta’lim sohasini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar aholining barcha qatlamlari uchun sifatli o’rta ta’lim olish imkoniyatini yaratibgina qolmay, balki ta’limning undan keyingi bosqichlarini ham tubdan ijobiy tomonga o’zgartirdi. Sog’liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar mamlakatimizda aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda sifatli, professional va har tomonlama texnik jihozlangan xizmat ko’rsatish imkonini yaratib berdi.
Bolalar o’limining qisqarishi bo’yicha erishilgan ijobiy natijalar tug’uriq davrida bolalar o’limi, immunizatsiya, bolalar kasalliklarini integratsiyalashgan holda nazorat qilish kabi sohalarda zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini berdi.
Davlat budjetidan ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag’ ulushi 25,5 % dan 35 % ga, sog’liqni saqlash sohasiga 9,8 % - 14,4 % ga oshdi”, - deb yozadi Dunfan Daily.
“Jahon” AA