DUNYODA BIRINCHI BO’LIB PROFESSIONAL KIBERFUTBOL LIGASI – RFCLNI TASHKIL ETGAN O’ZBEKISTON KIBERFUTBOL ASSOTSIATSIYASINING NOMI VIRTUAL SPORT O’YINLARI VA KIBERFUTBOL FEDERATSIYASI DEB O’ZGARTIRILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston kiberfutbol Assotsiatsiyasining nomi virtual sport o’yinlari va kiberfutbol Federatsiyasi deb o’zgartirildi. Adliya vazirligi tomonidan shu yilning 28 fevral kuni ro’yxatdan o’tkazilgan yangi tashkilot virtual sport o’yinlarini ommalashtirish, musobaqa va chempionatlar tashkil qilish bilan shug’ullanadi.
Sir emas, buguni kunda kibersport butun dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Ushbu virtual sport turining tarixi 1997 yilda boshlangan va aynan o’sha paytda birinchi kibersport ligasi – CPL ga asos solingan. Bugungi kunda virtual sportning eng ommalashgan turlari – bu shuterlar, faytinglar, va albatta, sport simulyatorlaridir. Quvonarlisi shundaki, dunyoda birinchi nodavlat notijorat tashkiloti bo’lmish kiber futbol Assotsiatsiyasi O’zbekistonda tashkil etilgan. Assotsiatsiyaning faoliyati kibersport bo’yicha jahon chempionati – ESWC dagi ishtirokdan boshlandi. Unda dunyoning 32 nafar eng yaxshi kiber futbolchisi jahon chempioni nomi uchun kurashdi. Qisqa vaqt ichida assotsiatsiya katta muvaffaqiyatlarga erisha oldi.Faoliyatining dastlabki oylarida u O’zbekiston Futbol Federatsiyasining rasmiy a’zosi bo’ldi, Professional futbol ligalarining barcha klublari bilan o’zaro hamkorlik to’g’risidagi shartnomalar tuzildi. Shu tariqa, O’zbekistonning 20 ga yaqin futbol klublari o’z tarkibiga kiber futbolchilarni ham qo’shdi. 2016 yilning noyabrida futbol Federatsiyasi Assotsiatsiyaning dunyodagi ilk Professional kiber futbol ligasi – PCFL tashkil etish loyihasini ma’qulladi. U birinchi va ikkinchi ligalardan tarkib topadi. Assotsiatsiyaning eng yorqin yutuqlaridan biri O’zbekistonda kiber sport musobaqalarining birinchi professional arenasi - UZ Arena ochilgani bo’ldi.
UzReport