Dushanbe shahrida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘iga tashrif buyurdi.
Mazkur park Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan. Farmoyishda tojik va o‘zbek xalqlarining do‘stligi ramzi sifatida bog‘ markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi belgilangan. Haykal loyihasini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan.
Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali o‘rnatildi. 27 sentabr kuni bu yerga davlat va hukumat vakillari, adiblar, yoshlar jam bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mazkur istirohat bog‘i va haykalni tantanali ravishda ochdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Tojikistonda shunday bog‘ va yodgorlik majmuasi ochilishini bu borada mamlakatimizda qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi deyish mumkin. Ma’lumki, joriy yil 7 mart kuni Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida Navoiy va Jomiy haykali o‘rnatilgan edi. Yana bir e’tiborli jihati, bu park yonidagi ko‘cha ham Abdurahmon Jomiy nomi bilan atalgan, Navoiy bog‘i boshqa bir fors-tojik shoiri Abu Abdullo Rudakiy maydoni bilan tutashib ketgan.