Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

DUSHANBEDA BO’LIB O’TGAN O’ZBEKISTON KO’RGAZMA-YARMARKASI YAKUNLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
DUSHANBEDA BO'LIB O'TGAN O'ZBEKISTON KO'RGAZMA-YARMARKASI YAKUNLARI

Ilgari xabar berilganidek, Dushanbedagi “Poytaxt-90” savdo-ko’rgazmalar majmuida O’zbekiston sanoat mahsulotlarining ko’rgazma-yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Unda ishtirok etgan mamlakatimizning 160 dan ziyod kompaniyasi O’zbekistonda ishlab chiqarilgan 1500 turdagi rang-barang mahsulotlarini namoyish etdi.

«Poytaxt-90» majmui hududidagi 2000 kvadrat metr sahnda elektrotexnika, kabel-uzatgich, dori-darmon, santexnika, to’qimachilik, oziq-ovqat, teri-charm sanoati, shuningdek, o’quv-laboratoriya uskunalari, qurilish materiallari, chinni mahsulotlari va pardoz-andoz buyumlari ko’rgazma peshtaxtalaridan joy oldi.

Shu bilan birga, 1000 kvadrat metr sahnli ochiq namoyishlar maydonida qishloq xo’jaligi va transport texnikalari - yengil, yuk va maxsus avtomobillar, yo’lovchi avtobuslari, velosiped, mototsikl, traktor, paxta terish kombaynlari va boshqa jihoz-uskunalar namoyish qilindi.

Ko’rgazma-yarmarkaning birinchi kunida uning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda hukumat, vazirlik va idoralar, ishbilarmon doiralar, diplomatiya korpusi va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Marosimda Tojikiston Sarmoyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasi raisi Fayziddin Qahhorzoda tadbir qatnashchilarini qutlar ekan, ikki davlat tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur ko’rgazma savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga, sarmoyalar jalb etish, qo’shma korxonalar barpo etish va o’zaro savdo aylanmasi hajmlarini oshirishga da’vat etilganini ta’kidladi.

O’z navbatida, Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi Sharif Said mamlakatlarimiz o’rtasidagi konstruktiv va ochiq muloqotni qo’llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida to’xtalar ekan, bunday muloqot mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashishini qayd etdi.

Yana bir muhim jihat. Yarmarka-ko’rgazma ishi bilan tanishishga kelganlar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar tizmasiga alohida qiziqish bildirishdi. Ekspertlarning fikricha, “baho - sifat” nuqtai nazaridan taqqoslaganda, o’zbek mahsulotlari Tojikiston bozoridagi xuddi shunday chet el tovarlarini siqib chiqarishi mumkin.

Milliy ekspozitsiyamiz namoyishi mobaynida 20 mingdan ziyod ishbilarmon doiralar, mutaxassislar hamda Tojikistonning barcha mintaqalaridan kelgan keng jamoatchilik vakillari uning ishi bilan bevosita tanishdilar. Ular O’zbekistonning 25 yillik mustaqil rivojlanish yillari davomida sanoat sohasida salmoqli natijalarga erishganini ta’kidlashdi.

Ko’rgazma-yarmarka doirasida 19-aprel kuni Tojikiston Milliy kutubxonasining konferensiyalar zalida ikki tomonlama biznes-forum bo’lib o’tdi. Uni ochar ekan, Sarmoyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasi rahbari F. Qahhorzoda Dushanbe va Toshkent o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri havo qatnovlarining ochilgani, o’tkazilayotgan ko’rgazma va biznes anjumani tomonlarning turli ustuvor yo’nalishlardagi hamkorligini mustahkamlashga hamda mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarning hayotga tadbiq etilishiga ko’maklashishini aytdi.

Qo’shma korxonalar barpo etish, savdo-sotiqni rivojlantirish, qishloq xo’jaligi, gidroenergetika, tog’-kon, oziq-ovqat, to’qimachilik, farmatsevtika sanoati, transport, logistika va kommunikatsiyalar, mashinasozlik, qurilish industriyasi va sayyohlik sohalarida kooperatsiyani kengaytirish asnosida o’zaro manfaatli munosabatlarni faollashtirish taklif etildi.

Biznes-forum chog’ida O’zbekiston va Tojikiston sarmoyaviy salohiyatlari, mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar hamda yirik korxona va kompaniyalarning taqdimoti ham bo’lib o’tdi.

Tadbir yakunlari bo’yicha, o’zbek va tojik tadbirkorlari tomonidan qariyb 40 million AQSh dollari miqdoridagi memorandum, bitim va shartnomalar imzolandi.

21-aprel kuni Dushanbe chekkasidagi fermer xo’jaliklaridan birining dala maydonida RGUP «Tojikagrolizing», 50 dan ziyod fermer va dehqon xo’jaliklari vakillari ishtirokida «O’zagrotexsanoatxolding» AJ qishloq xo’jaligi texnikalari turkumining amaliy namoyishi bo’lib o’tdi. “Daladagi taqdimot”ning qatnashchilari mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mashinalarining texnikaviy tavsiflariga katta qiziqish bildirishdi. Tadbir yakuni bo’yicha O’zbekistondan agrotexnika yetkazib berilishi yuzasidan 3 million AQSh dollari miqdoridagi shartnomalar imzolandi. Shuningdek, «O’zagrotexsanoatxolding» AJ korxonalari texnikalarining yig’uv ishlab chiqarishini Tojikiston hududida tashkil etish bo’yicha ham kelishuvga erishildi. Bu mashinalarga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko’rsatilishini hamda xodimlar o’qitilishini ham o’z ichiga olgan.

O’zbekiston sanoat mahsulotlarining ko’rgazma-yarmarkasi, biznes-forum va seminarlar Tojikiston televideniyesi va radiosi kanallari orqali hamda matbaa nashrlari tomonidan keng yoritildi.

“Jahon” AA, Dushanbe