Dzyudochilarimiz Yevropa Ochiq Kubogida sovrindor bo’lishdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Polsha poytaxti Varshava shahrida dzyudo bo’yicha Yevropa Ochiq Kubogi bo’lib o’tdi. Unda dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va kumush hamda uchta bronza, jami 5 ta medalga sazovor bo’ldilar.
Musobaqada terma jamoamiz a’zosi Sharofiddin Lutfullayev (60 kg) oltin medal sohibi bo’ldi. E’tiborlisi shundaki, Sharofiddin hal qiluvchi finalga qadar kechgan bellashuvlarning barchasida zafar quchgan yana bir yurtdoshimiz Diyorbek O’rozboyev bilan bahs yuritdi.
Sherali Jo’rayev (90 kg), Rishod Sobirov (66 kg) va Sharofiddin Boltaboyev (73 kg) terma jamoamiz hisobiga bronza medallarni keltirishdi.
“Jahon” AA