“E-LEARNING KOREA-2015” TADBIRI DOIRASIDA O’ZBEKISTONNING TA’LIM TIZIMI TAQDIM ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Seulda bo’lib o’tgan elektron o’qitish bo’yicha an’anaviy e-Learning Korea-2015 ekspozitsiyasi doirasida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tashkilotchiligida O’zbekiston ta’lim tizimining taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirda Janubiy Koreya hukumat tashkilotlarining mas’ul xodimlari, shahar va provinsiyalardagi ta’lim tizimini boshqaradigan departamentlar rahbarlari hamda diplomatiya korpusi vakillari ishtirok etdilar. Ular respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va ularning salmoqli natijalari haqidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bu sohani modernizatsiyalash va yangilash borasida yaratilgan huquqiy zamin masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu o’rinda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan ikkita muhim hujjat - “Ta’lim to’g’risidagi” hamda “Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur to’g’risida”gi qonunlar zamonaviy tipdagi uzluksiz ta’lim tizimini yaratishga mustahkam asos bo’lgani ta’kidlandi.
“Shaxs - davlat va jamiyat - uzluksiz ta’lim - ilm-fan - ishlab chiqarish” tamoyili bo’yicha O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy modeli tadbir ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg’otdi.
Taqdimotda so’zga chiqqan Janubiy Koreya tomoni vakillari O’zbekistonning ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik yillari davomida ijobiy tajriba to’planganini qayd etdilar. Jumladan, Koreya Respublikasi ta’lim vazirining o’rinbosari Kim Che Chun bu sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi darajasini yuqori baholadi. Uning ma’lum qilishicha, o’qitish dasturlarida ilg’or tajribani qo’llash bo’yicha o’zaro aloqalarni chuqurlashtirish sohasida O’zbekiston Janubiy Koreya uchun ustuvor mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Taqdimot chog’ida mustaqillik qo’lga kiritilganidan so’ng yaratilgan ta’lim tizimi mamlakatning yoshlariga o’z salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratgani qayd etildi. Bu esa o’z Vatanining izchil va barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo’shadigan yuqori malakali va yetuk kadrlarni tayyorlashga ko’maklashmoqda.
“Jahon” AA, Seul