E’tibor va e’zozdan xursandmiz
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari samarasida Farg‘ona viloyatining So‘x tumani ham tobora chiroy ochib, ko‘rkamlashib bormoqda.
Zamonaviy turar joylar, madaniy-maishiy inshootlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, ishlab chiqarish obyektlari, keng va ravon yo‘llar, bog‘-rog‘lar ko‘zni quvnatib, qalblarda iftixor tuyg‘usini yuksaltiradi.
– Qishloqlarimizning shahar bilan bo‘ylashayotgani, odamlar turmushi, hayotimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarish va yangilanishlar yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik tufaylidir, – deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ilyos ota Oxunaliyev. – Hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan ana shu ulug‘ ne’matning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘idek asrashimiz kerak.
Ayni kunlarda So‘x tumanida ham 9-may – Xotira va qadrlash kunini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tuman hokimligi va “Nuroniy“ jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan urush va mehnat fronti faxriylari, nogironlar holidan xabar olinib, ularga sovg‘alar, dori-darmonlar topshirilmoqda. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari, o‘quvchilar nuroniylarning uy yumushlariga, turar joylarini ta’mirlashga yordam berayotir.
O‘tganlarni xotirlash, faxriylarni qadrlashga bag‘ishlangan tadbirlarda aholi faol ishtirok etmoqda. Hududlardagi ziyoratgoh va qabristonlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Tumanda amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, salomatligi mustahkamlanmoqda. Ta’lim maskanlarida tashkil etilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar esa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotir.
Bugungi tinch-osuda hayotimiz uchun jasorat va matonat ko‘rsatgan urush va mehnat fronti faxriylariga “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirilayotir.
Viloyat, tuman hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari Qizilqiyoq qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 90 yoshli Saidolim ota Saidnozimov xonadonida bo‘lib, Prezidentimiz nomidan otaxonga esdalik yubiley medali va pul mukofotini topshirdi. Otaxon yurtimizga tinchlik-omonlik tilab, duo qildi.
– Yurtboshimiz nomidan sovg‘alarni olib, bir necha yilga yasharib ketganday bo‘ldim, – deydi S.Saidnozimov. – Umrimning ko‘p qismi mashaqqatlar bilan kechgan bo‘lsa-da, keksalik davrida ozod va obod Vatanda tinch-osoyishta hayot kechirayotganimizga shukronalar aytamiz. Davlatimiz va xalqimizning bunday e’zozi va g‘amxo‘rligidan behad xursandmiz. Ming shukr, yurtimiz tinch, hayotimiz farovon. Shahar va qishloqlarimiz obodligi, dasturxonimiz to‘kinligi ana shu tinchlik tufaylidir.