Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EKOLOGIK BARQARORLIK — TARAQQIYOT OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EKOLOGIK BARQARORLIK — TARAQQIYOT OMILI

Ona tabiatga oqilona munosabatda bo’lish, o’simlik va hayvonot olamini asrab-avaylash, kelajak avlodga tabiat boyliklarini bus-butun yetkazish, global ekologik inqiroz asoratlarining oldini olish bugun insoniyat oldiga o’ta dolzarb vazifalarni qo’ymoqda.

Har yili dunyoning qator davlatlarida 5 iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlanishi zamirida ham dunyo hamjamiyati diqqatini ekologik muammolarga qaratish, insonlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga undash maqsadlari mujassamdir.

Sana munosabati bilan yurtimizda ham qator tadbirlar, ko’rik-tanlovlar, obodonlashtirish aksiyalarini o’tkazish an’anaga aylangan. Xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami — mustaqilligimizning yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rilayotgan ayni chog’da ushbu kunga bag’ishlangan tadbirlar yanada o’zgacha shukuh kasb etmoqda.

Darhaqiqat, O’zbekiston tarixan qisqa davrda, asosan, paxta xom ashyosi yetkazib berishga moslashgan, iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan qoloq respublikadan zamonaviy sanoat tarmog’iga ega bo’lgan, jadal sur’atlar bilan ravnaq topayotgan davlatlar qatoridan munosib o’rin egalladi. Chunonchi, mamlakat iqtisodiyoti 5,5 barobardan ko’proq o’sdi. Aholining real daromadi jon boshiga 9 barobar oshdi. Biz uchun mutlaqo yangi bo’lgan avtomobilsozlik, neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo’l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlar rivojlantirildi.

Xalqimiz turmush farovonligini oshirishga xizmat qilayotgan ushbu yutuqlar taraqqiyotning milliy modeli asosida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning yorqin natijasidir. Shuning barobarida, mustaqillik yillarida yurtimizda barcha jabha qatorida, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, ekologik muammolarni bartaraf etish borasida salmoqli tajriba to’plandiki, bu tabiiy ekotizimlar va atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish hamda ularni qayta tiklash chora-tadbirlarida yaqqol namoyon bo’lmoqda.

Mustaqillik sharofati bilan bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida ekologik barqarorlikni kafolatlash mexanizmlari samarali tatbiq etildi. Sohaga oid o’ttizga yaqin qonun va 150 ga yaqin qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Shuningdek, O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar bilan atrof-muhitni muhofaza etish sohasida faol hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Jumladan, O’zbekiston Rio deklaratsiyasini imzoladi, Iqlim o’zgarishlari to’g’risidagi Hadli konvensiyasiga doir Kioto protokoli, Cho’llanishga qarshi kurash bo’yicha BMT konvensiyasi, Biologik rang-baranglik to’g’risidagi Konvensiya, Bazel, Bonn va Ramsar konvensiyalari, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to’g’risidagi Konvensiya singari ekologik yo’nalishdagi ko’plab xalqaro shartnomalarga qo’shildi. Mazkur konvensiyalarda yuklatilgan majburiyatlarni bajarish yuzasidan salmoqli natijalarga erishildi. Inson salomatligiga xavflilik darajasi yuqori bo’lgan hududlarda atrof-muhit holati yaxshilanib, ekotizim barqarorlashdi. Bundan tashqari, Orolbo’yi mintaqasida ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish ishlari samarali amalga oshirilmoqda. Atmosferaga ifloslantiruvchi chiqindilarni chiqarish, zaharli oqova suvlar bir necha barobar kamaydi. Paxta o’rniga boshoqli, dukkakli, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari maydoni miqdori oshdi. Milliy qo’riqxona, bog’, buyurtma qo’riqxona va ekologik markazlar faoliyati rivojlantirildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasiga, mavjud ekologik muammolar yechimini topishga jamoatchilikning keng jalb etilayotgani alohida e’tirofga loyiq. Xususan, O’zbekiston ekologik harakati tabiat muhofazasini yanada yaxshilash, uning resurslaridan to’g’ri foydalanishga yo’naltirilgan islohotlarni chuqurlashtirishga jamiyatning barcha sa’y-harakatlarini yo’naltirishga intilmoqda. Mazkur harakat ayni yo’nalishda faoliyat yuritayotgan 200 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlarini jipslashtirgan.

Ta’kidlash joizki, O’zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi a’zolari quyi palatadagi barcha qo’mitalar tarkibidan o’rin olib, qonun ijodkorligi hamda nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirmoqda. Ular tomonidan qonunchilik tashabbuskorligi asosida O’zbekiston Respublikasining tabiiy resurslarni asrab-avaylashga yo’naltirilgan bir qator qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish ustida ish olib borilayotir.

Umuman olganda, aholi sog’lom va munosib hayot kechirishining muhim omili — ekologik barqarorlikni kafolatlash, tabiiy resurslarning barcha majmuini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni so’zsiz ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy asoslarni takomillashtirish doimiy ustuvorlik kasb etmoqda. Zero, dunyoda ekologik barqarorlik nainki tabiat, balki insoniyatning hayot-mamot masalasiga aylanib borayotgan ayni paytda atrof-muhit muhofazasini yaxshilashga dolzarb vazifa sifatida qarash, kelajak avlodlarimiz taqdiri uchun ham mas’ul ekanimizni unutmaslik darkor.

"Jahon" AA